O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning BMT kuni munosabati bilan tadbirda so'zlagan nutqi

2020-10-24 | Siyosat

(Toshkent, 23-oktabr,2020)

«Hurmatli ishtirokchilar,

Sizni, BMTning 75 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda BMT kuniga bagʻishlab oʻtkazilayotgan bugungi tantanali tadbirda qutlashga ijozat bergaysiz. Ushbu universal tashkilot tufayli biz butun insoniyat, shuningdek, alohida mamlakatlar va mintaqalar manfaatlariga daxldor boʻlgan eng dolzarb masalalarni hal qilish boʻyicha umumiy saʼy-harakatlarni birlashtirish imkoniyatiga egamiz.

BMTning COVID-19 pandemiyasi va uning oqibatlariga qarshi kurashishdagi yetakchiligi yaqin xalqaro hamkorlikning samaradorligini yana bir bor namoyish etdi.

Bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Mamlakatimizda demokratik oʻzgarishlar ortga qaytmaydigan mohiyat kasb etdi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Unda belgilangan hayotiy islohotlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq mos keladi.

Biz ochiq, amaliy va konstruktiv tashqi siyosat yuritishda muhim natijalarga erishdik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda siyosiy ishonch va oʻzaro anglashni mustahkamlash boʻyicha yangi yondashuvi hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.

Mamlakatimiz BMTga aʼzo davlatlarning qoʻshni Afgʻonistondagi urushni toʻxtatish borasidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishda muhim rol tutmoqda.

28 yil davomida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlik muhim voqealarga boy boʻldi.

2018–2019-yillarda Bosh Assambleyada Oʻzbekiston tomonidan tavsiya etilgan uchta rezolyutsiya qabul qilindi. Ular Markaziy Osiyodagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlik, taʼlim va bagʻrikenglik hamda mintaqaviy turizm masalalrini qamrab olgan.

2018-yil davlatimiz rahbarining tashabbusi va BMT Bosh kotibining qoʻllab-quvvatlovi bilan Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tashkil etildi.

BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va samarali amalga oshirilmoqda.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini, qashshoqlikni yengish va aholining ijtimoiy farovonligini oshirish, gender tengligi va soʻz erkinligini taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish davom etmoqda.

Oʻzbekiston  soʻnggi yillarda inson huquqlari boʻyicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Mamlakatimizning birinchi marta BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashiga saylangani tarixiy voqea boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi ishtiroki yakunlari boʻyicha biz davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshiramiz. Ular BMT faoliyatining uchta asosiy yoʻnalishi – tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va targʻib qilishni qamrab olgan.

Biz BMT Bosh kotibining xalqaro saʼy-harakatlari va tashabbuslarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaymiz.

Oʻzbekiston BMTning xalqaro kun tartibini amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga bundan keyin ham oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi.

Bugungi tadbirning barcha ishtirokchilarini yana bor BMT kuni bilan qutlashga ijozat bergaysiz. Sizga mustahkam salomatlik, yangi muvaffaqiyatlar va oilalaringizga farovonlik tilayman!”

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться