O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMTning Sanoat taraqqiyoti tashkiloti bosh direktori O‘zbekiston bilan rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuqori baholadi

2020-10-27 | Iqtisodiyot

VENA, 27-oktabr. / «Dunyo» AA /. O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev BMT Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (YUNIDO) bosh direktori Li Yongga O‘zbekiston Respublikasining YUNIDO huzuridagi doimiy vakili sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Xalqaro tashkilot bosh direktori suhbat davomida so‘nggi yillarda YUNIDO bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi.

Li Yongning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar YuNIDO bilan hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. O‘zbekiston manfaatlariga javob beradigan turli loyihalar, xususan, barqaror infratuzilmani yaratish, universal va barqaror sanoatlashtirishni targ‘ib qilish sohasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

YUNIDO bilan O‘zbekiston o‘rtasida manzilli va aniq yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda yuqori darajadagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.

YUNIDO barqaror tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan savdo, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish, inkubator korxonalarini qurish va boshqa sohalarda mintaqaviy hamda mamlakatdagi turli loyihalarni amalga oshirish orqali o‘z faoliyatini faol ravishda kengaytirayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston bilan YUNIDO o‘rtasida kelgusidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya loyihasini tayyorlash jarayoni va u bo‘yicha harakatlar rejasi ijrosi natijalarini yuqori baholadi.

Ta’kidlanganidek, ushbu hujjatlarning imzolanishi yaqin kelajakdagi o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab olish va ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться