O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi maxsus yig‘ilishida ishtirok etdi

2020-10-27 | Siyosat

NYU-YORK, 27-oktabr. /«Dunyo»AA/. Kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMT tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan Bosh Assambleyaning yuqori darajadagi maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videomurojaat bilan ishtirok etdi.

Uchrashuv BMT Xartiyasini qo‘llab-quvvatlashning ramziy ifodasi — bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Forumda so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh «75 yil oldin tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti global birdamlikning ramziga aylandi va bugungi kunda uning vazifasi har qachongidan ham muhimroqdir”, dedi. Bosh kotibga ko‘ra, mazkur vazifalar nizolarning oldini olish, barqaror va inklyuziv rivojlanishga ko‘maklashish, inson huquqlarini himoya qilish, jamiyatda adolatni targ‘ib qilish, turmush darajasini yaxshilash, shuningdek, sayyoramizni himoya qilish va ayollar hamda erkaklar uchun teng huquqlarni ta’minlashni qamrab olgan.

BMT rahbari xalqaro hamkorlik koronavirus pandemiyasi, iqlimdagi favqulodda vaziyat va o‘sib borayotgan tengsizlikni yengishning yagona yo‘li ekanini ta’kidladi.

Bosh kotib BMT Bosh Assambleyasining ko‘p qirralilik tamoyilini mustahkamlashga sodiqlikka oid bayonotini qo‘llab quvvatladi hamda global boshqaruvni kuchaytirish, dolzarb va istiqboldagi muammolarga javob berish uchun har tomonlama sa’y-harakatlar amalga oshirilishiga umid bildirdi.

Abdulaziz Komilov o‘z nutqida dunyo hamjamiyati ushbu universal tashkilot tufayli butun insoniyat, shuningdek, alohida mamlakatlar va mintaqalar manfaatlariga daxldor bo‘lgan eng dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirish imkoniyatiga egaligini ta’kidladi. «BMTning COVID-19 pandemiyasi va uning oqibatlariga qarshi kurashishdagi yetakchiligi yaqin xalqaro hamkorlikning samaradorligini yana bir bor namoyish etdi», dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan mohiyat kasb etganiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda siyosiy ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash bo‘yicha yangi yondashuvi hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etilmoqda.

O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlarning Afg‘onistondagi urushni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtirishda muhim rol tutishda davom etayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida do‘st qo‘shni mamlakatda tinchlik jarayonini boshlash uchun qulay imkoniyat yaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi muhim tashabbuslariga, xususan, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish va BMT Bosh Assambleyasining Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha takliflariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z nutqi yakunida mamlakatimiz BMTning xalqaro kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga bundan keyin ham o‘z hissasini qo‘shishda davom etishini ta’kidladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться