O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar

22.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSh Davlat kotibining o'rinbosari bilan uchrashuv to'g'risida

22.09.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo’lib turgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Viktoriya Nuland bilan uchrashuv o'tkazdi. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ bilan Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki o‘rtasida memorandum imzolandi.

22.09.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Ayni kunda, Germaniyaning Berlin shahrida o‘tayotgan “InnoTrans 2022” Transport texnologiyalari xalqaro savdo yarmarkasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy delegasiyasi ishtirok etmoqda.

IT Park jamoasi 2022-yilgi “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida 3-oʻrinni egalladi

19.09.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

2022-yilgi “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida “Mobil robototexnika” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan IT Park jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan “Innovatsion vaktsinalar markazi" tashkil qilinadi

14.09.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

ShHTga a'zo davlat rahbarlari sammiti doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov hamda “Luye Invetment Group Co.,Ltd” kompaniyasining kompaniyasi rahbari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Eron Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

12.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi

12.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-16-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

XXR Raisi davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi

12.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 14-16-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Abu Dabi rivojlanish jamg'armasida Orolbo'yi hududi muammolarini bartaraf etish masalalalari muhokama qilindi

12.09.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Abu Dabi rivojlanish jamg'armasi bosh direktori o'rinbosari Xalifa Abdulloh Al Qubaysi bilan uchrashdi. 

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liklikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

12.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.

Mubadala va TAQA Talimarjon IESni modernizatsiya qilishga investitsiyalar kiritadi

09.09.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2022-yil 9-sentabr kuni Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va TAQA kompaniyalari Talimarjon IESga keng ko'lamli investitsiyalar kiritishlarini nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Kelishuvlarning amalga oshirilishi O'zbekistonning eng yirik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish va quvvatini kengaytirishga imkon beradi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt kengashiga Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vakili taklif etiladi

09.09.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy tashrifi doirasida Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vitse-prezidenti Sulton Al Hoji bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik masalasi muhokama qilindi hamda hamkorlik yo'nalishlar belgilab olindi. 

Global yashil o'sish instituti (GGGI) bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

09.09.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o'rinbosari B. Abidovning O'zbekistondagi Global yashil o'sish instituti (GGGI) Mamlakatlar bo'yicha ofisining vakili A. Rassel bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

08.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi.

Qatar tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv haqida

08.09.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 7-sentabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Ar-Riyod shahrida "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi yig'ilishi doirasida Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH elchisini qabul qildi

08.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.

O'zbekiston va BMT Orolbo'yi mintaqasida barqaror rivojlanish bo'yicha hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini belgiladi

07.09.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Badriddin Abidov hamda BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Asthana o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

07.09.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Germaniya Prezidenti O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

30.08.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi.

Toshkentda xalqaro ekspertlar ishtirokida konferensiya o‘tkazilmoqda

26.08.2022Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli Farmoni imzolandi.