O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar

2022-09-22 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.

O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining sermahsul natijalari yuksak baholandi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidenti birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning suhbati har doimgidek samimiyat, ishonch va do‘stlik ruhida o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться