O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qatar tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv haqida

2022-09-08 | Siyosat

2022-yil 7-sentabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Ar-Riyod shahrida "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi yig'ilishi doirasida Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy aloqalarning yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga tomonlarning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada jadallashtirishga tayyorligi ma’lum qilindi. 

Xalqaro va mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg'oniston bo'yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. 

Joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Sammitini o'tkazish masalalari ko’rib chiqildi.

Oliy va yuqori darajadagi bo’lajak tadbirlar jadvali kelishildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться