O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eron Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

2022-09-12 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari va tashrif doirasidagi boshqa tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ikki mamlakat yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadilar, savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadilar.

Uchrashuv yakunida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

15-16-sentabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться