O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh Davlat kotibining o'rinbosari bilan uchrashuv to'g'risida

2022-09-22 | Siyosat

BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo’lib turgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Viktoriya Nuland bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Muloqot davomida qayd etilganidek, so'nggi yillarda birgalikdagi sa'y-harakatlar samarasi o’laroq O'zbekiston-Amerika strategik sherikligi ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining barcha jabhalarida sezilarli darajada jadallashdi. O'zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan faol siyosiy muloqot olib borilmoqda.

V.Nuland Amerika tomoni O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosatini qo'llab-quvvatlashini ta’kidladi. Rasmiy Vashingtonning O'zbekiston bilan aloqalarni ikki tomonlama darajada va "C5+1"formatida mustahkamlashga tayyorligi ma’lum qilindi.

AQSh Davlat kotibining o'rinbosari O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari va amaliy qadamlarini olqishladi.  Mamlakatimizning Afg'onistonda barqaror tinchlik va barqarorlikka erishish, qo'shni davlatga keng ko’lamli gumanitar yordam ko'rsatish, infratuzilma va energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlariga yuksak baho berildi.

Uchrashuv davomida turli darajadagi bo'lajak tadbirlar jadvali, shuningdek, savdo-investitsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo'yicha ham fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться