O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Koreyaning Eksimbanki O'zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

11.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferentsiya tarzida Koreyaning Eksimbanki vakillari bilan sog'liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirish jarayonining muhokamasiga bag'ishlangan muzokaralar bo'lib o'tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bu nihollar do‘stlik va o‘zaro ishonch bog‘lari bo‘lib qad rostlaydi

11.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi – barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi.

Turkiy dunyo mukofotlari topshirildi

11.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

11.11.2022IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Joriy yilning 11-noyabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida Jahon bankining bosh iqtisodchilari, Loyiha rahbarlari Kordula Rastogi va Daniel Sasloavskiy boshchiligidagi vakillari bilan respublikamizda savdo, tranzit va taʼminot zanjirlarini rivojlantirish masalalarida uchrashuv oʻtkazildi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

11.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

11-noyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining “Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari” mavzusidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi

11.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi

Jakartada Indoneziya oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi

10.11.2022Ta’limManba: “Dunyo” axborot agentligi

Indoneziya poytaxti bo‘lib o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligining “Osiyo davlatlari oliy taʼlim muassasalari sammiti”da (QS World University Rankings: QS Asia University Rankings 2023)” “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori professor Bahodir Mirzayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etayotir.

TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi boshlandi

10.11.2022SiyosatManba: O'zA

Samarqand shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tadi

10.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish dinamikasini belgilab bermoqda

09.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-noyabr kuni Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiyot va savdo vazirlarining ko'p tomonlama munosabatlar doirasidagi keng ko‘lamli yo‘nalishlarning bugungi holatini muhokama qilish va savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport va logistika sohasidagi o'zaro hamkorlikni jadallashtirish bo'yicha navbatdagi tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Samarqandga keldi

09.11.2022SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi.

Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv

09.11.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Beybut Atamqulovni qabul qildi.

Ekspertlar TDT doirasida savdo-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar

09.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari iqtisodiyot va savdo vazirlarining yig'ilishi arafasida (TDT) Samarqand shahrida bevosita va onlayn tarzda ekspertlar guruhining 13-uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

UNFPA mintaqaviy direktori bilan uchrashuv to’g’risida

07.11.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Xamrayev BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florens Bauer bilan uchrashdi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va kattalarda genetik kasalliklarni aniqlashda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi

07.11.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi ko'magida Innovatsion rivojlanish vazirligi va klinik diagnostika hamda genetika sohasida dunyoda etakchi bo'lgan BGI xalqaro kompaniyasi o'rtasida yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalarda va kattalarda genetik kasalliklarni aniqlash, shuningdek, oilani rejalashtirishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Xitoyning CNCEC korporatsiyasi O'zbekistonda faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

03.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Xitoy Milliy kimyo muhandislik korporatsiyasi partiya qo'mitasi kotibi o'rinbosari, bosh direktori va boshqaruv kengashi a'zosi Ven Gan bilan Xitoy korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag'ishlangan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hamkorlik samarasi

03.11.2022JamiyatManba: O'zA

Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrifi davomida Bulung‘ur tumanida ham bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lish jarayonini faollashtirish bo‘yicha yig‘ilish yakunlari to‘g‘risida

02.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Badriddin Abidov hamda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhi raisi, Koreya Respublikasining Jenevadagi elchisi Li Texo va JST Kotibiyatining Tashkilotga a'zo bo'lish bo'limi direktori Mayka Oshikava o‘rtasida videokonferensaloqa orqali uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.