O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ bilan Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki o‘rtasida memorandum imzolandi.

2022-09-22 | Iqtisodiyot

Ayni kunda, Germaniyaning Berlin shahrida o‘tayotgan “InnoTrans 2022” Transport texnologiyalari xalqaro savdo yarmarkasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy delegasiyasi ishtirok etmoqda.

Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston transport vazirligi,“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ, Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki hamda Deutsche Bahn AG kompaniyalari ishtirokida to‘rt tomonlama memorandum imzolandi.

Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ tomonidan elektropoezdlar hamda yo‘lovchi vagonlar sotib olishda Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankning imtiyozli kredit liniyasidan foydalanish uchun memorandumga qo‘l qo‘yildi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a'zolari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, Pol'shaning poezdlar, vagonlar, tramvaylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pesa (Peca) konserni. Shundan so‘ng, delegasiya a'zolari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan, Pol'shaning poezdlar, vagonlar, tramvaylar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pesa (Peca) konserni

hamda temir yo‘l transportini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon bozorining qariyb yarmini egallab kelayotgan Xitoyning CRRC Corporation Limited korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. 
 
Muzokaralar mobaynida X.Xosilov tomonidan Germaniyaning “KFV” taraqqiyot bankidan olinadigan imtiyozli kredit liniyasidan foydalanishda tender o‘tkazilishi va unda har ikkala yirik ishlab chiqarish kompaniyalarni ishtirok etishga taklif qildi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться