O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan “Innovatsion vaktsinalar markazi" tashkil qilinadi
2022-09-14 | Innovatsiya
ShHTga a'zo davlat rahbarlari sammiti doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov hamda “Luye Invetment Group Co.,Ltd” kompaniyasining kompaniyasi rahbari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi kompaniya bilan hamkorlikda 2023-2028 yillarda umumiy qiymati 100 mln. dollarga teng bo'lgan “Innovatsion vaktsinalar markazi”ni tashkil etishi bo'yicha Memorandum imzolandi.
Shuningdek, uchrashuvda kompaniyaning rasmiy vakili Lyu Dyan`bo O'zbekistonda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan koronavirusga qarshi vaktsina yaratish va ishlab chiqarish bo'yicha olib borayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
“Innovatsion vaktsinalar markazi” – Markaziy Osiyoda yagona to'liq tsiklli biotexnologik ishlab chiqish korxonasi bo'lib, mahalliy va MDH mamlakatlari bozorini yuqori texnologik mahsulotlar bilan ta'minlash imkonini beradi. Loyiha doirasida gepatit A, gepatit B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklar viruslarini davolashda ishlatiladigan umumiy hajmi 2 mlrd. dollarga teng bo'lgan 10 xil vaktsinani yiliga 200 million dozada ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.
Ushbu to'liq tsiklli biotexnologik ishlab chiqarish korxonasining ilmiy hajmdorligi va kelgusida yuqori malakali ilmiy mutaxassislar jalb qilinishini inobatga olib, “Innovatsion vaktsinalar markazi"ni Toshkent viloyatida tashkil qilish taklif etilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi