O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

“NEC” korporatsiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

02.11.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “NEC” korporatsiyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha vakolatxonasi direktori Kenji Takemura bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda AKT vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Hamyurtlarimiz OOKning gender tenglik mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro seminarida ishtirok etishmoqda

31.10.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tomonidan qit’ada gender tenglikni ta’minlash mavzusidagi ikki kunlik xalqaro seminar boshlandi. Tadbirdan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) strategik yo‘l xaritasi, 2020+5 yilgi Olimpiya kun tartibiga muvofiq, Osiyo mamlakatlari sport hamjamiyatida gender tengligiga erishish, xususan, rahbarlik lavozimlaridagi ayollar o‘rnini kamida 30% ga yetkazish kabi masalalar ko‘zlangan.

Senat raisi Qirg‘iziston Jogorku keneshi rahbari bilan uchrashdi

27.10.2022SiyosatManba: O'zA

Samarqandda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi sessiyasi davom etmoqda.

FAOning xalqaro eksperti O‘zbekistonda “Aqlli dehqobchilik”ni joriy etish natijalarini baholadi

26.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Farg‘ona vodiysidagi mehnatkash fermerlarning issiqxona sohasida erishgan natijalari BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) sabzavot yetishtirish bo‘yicha xalqaro eksperti Leone Maloketti Lombida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo - YI” sammitida nutq so‘zlaydi va Toshkentda Yevropa kengashi Prezidentini qabul qiladi

26.10.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

“Tʻway Air” aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv

26.10.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Seul shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov “Tʻway Air” aviakompaniyasi katta vitse-prezidenti Kim Xyung Yi bilan uchrashdi.

O'zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

25.10.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Do'stona rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgan O'zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Dubay shahrida o'tgan tadbirda har ikki Qo'mitaning Bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Azza bintu Sulaymon ishtirok etishdi.

“Toyota Tsusho Corporation” hamda "O'zbektelekom" AK o'rtasida umumiy qiymati 150 mln dollaridan ortiq miqdoridagi shartnoma imzolandi

25.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“ICTWEEK-2022” AKT haftaligi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi Global strategiyalar byurosi Bosh direktori o‘rinbosari Yukio Teramura hamda Yaponiyaning “Toyota Tsusho Corporation”, NEC va IIJ kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. 

Assured Partners kompaniyasi bilan BPO xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

24.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

24-27-oktabr kunlari “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi hududida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – “ICTWEEK 2022” bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz – Yangi O‘zbekiston yoshlarini barkamol shaxslar sifatida voyaga yetkazish

21.10.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy tashrifi doirasida Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamkorligida Islom taraqqiyot banki va OPЕK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi ishga tushirildi

18.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Hududlarda qishloq aholisining asosiy infratuzilma sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloqlardagi hayotiy faoliyatni ta’minlovchi xizmatlar sifatini yaxshilash, xususan, yo‘llar qurilishi, transport infratuzilmasini, injeneriya va kommunikatsiya tarmoqlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlar qatoriga kiruvchi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kishlok vrachlik punktlar va elektr-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi ishga tushirildi.

O'zbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi

18.10.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2022-yil 18-19 - oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan "Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegaralar xavfsizligi hamda chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi.

Seulda Milliy Olimpiya qo'mitalari assosiasiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi o'tkaziladi

18.10.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

19-20-oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida Milliy Olimpiya qoʻmitalari (MOQA) assotsiatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtadi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax hamda MOQA rahbari Robin Mitchel hozirda Seul shahrida boʻlib turishibdi.

AQSH Savdo vazirligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

18.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT Parkda AQSH Savdo vazirining xalqaro savdo bo‘yicha o‘rinbosari Marisa Lago bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish niyatida

18.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Badr al-Badr bilan videokonferensaloqa tarzida muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Rossiya yetakchilari uchrashuvida ishtirok etdi

14.10.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etdi.

Xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji raqobatbardosh bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

14.10.2022IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Bugun, 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “Elektr energiyasi bozoriga o‘tish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekistonda elektr energetikasi bozoriga o‘tishning istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Yaponiyaning Toyo universiteti bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi

14.10.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Tokio shahridagi Toyo universiteti hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Maldiv Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan uchrashuv toʻgʻrisida

14.10.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Maldiv Respublikasi ichki ishlar vaziri Imron Abdulla bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“O'zbekiston- Turkmaniston” xalqaro qo'shma ilmiy loyihalar tanlovi

14.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Joriy yil yakuniga qadar O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkmaniston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalar tanlovini e'lon qiladi.