O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt kengashiga Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vakili taklif etiladi

2022-09-09 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy tashrifi doirasida Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vitse-prezidenti Sulton Al Hoji bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik masalasi muhokama qilindi hamda hamkorlik yo'nalishlar belgilab olindi. 

Xususan, Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universitetining sun'iy intellekt yo'nalishidagi o'quv dasturi bo'yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta'limni yo'lga qo'yish bo'yicha hamkorlik o'rnatishga kelishildi. O'zbekistonlik professor-o'qituvchilar va talabalarning Universitet bilan almashinuv dasturini yo'lga qo'yish masalasi ko'rib chiqiladi. 

Uchrashuvda, shuningdek, o'zbekistonlik talabalarni Universitetda ta'lim olishga jalb qilish, talabalarni to'liq stipendiya bilan ta'minlash masalasi muhokama qilindi. Bunda, Vazirlik tomonidan tanlov e'lon qilinib, tanlov natijasiga ko'ra iqtidorli talabalar ro'yxati shakllantiriladi va universitetga taqdim etiladi hamda universitetning alohida ichki tanlovlariga asosan talabalar saralab olinadi.

Vazirlik huzurida tashkil etilgan Sun'iy intellekt bo'yicha ekspertlar kengashiga universitetning yuqori tajribaga ega vakilini taklif etish masalasi kelishib olindi.

Tomonlar, shuningdek, umumta'lim maktablariga sun'iy intellekt terminologiyasiga asoslangan loyiha joriy etish hamda bu yo'nalishda universitet bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldi. Universitet tomonidan maxsus atamalar bazasi taqdim etiladi va loyiha doirasida atamalar bazasi kengaytirib borishga erishiladi.

Uchrashuv yakunlariga ko'ra joriy yilning oktyabr` oyida Universitet Prezidenti va vakillari boshchiligidagi delegatsiyaning “InnoWeek.uz-2022” innovatsion g'oyalar haftaligiga tashrif buyurishi hamda haftalik doirasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolashga  kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться