O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda xalqaro ekspertlar ishtirokida konferensiya o‘tkazilmoqda
2022-08-26 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli Farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyat samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar belgilangan.
Ana shu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “TAIEX PI. O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda kosmik maʼlumotlar va xizmatlarni joriy etish bo‘yicha ekspert missiyasi” mavzusida xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida konferensiya tashkil etmoqda.
Ayni kunlarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tayotgan anjuman 25 avgustga qadar davom etadi.
Tadbirning asosiy maqsadi suv resurslarini barqaror boshqarish uchun kosmik maʼlumotlar va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha mamlakatimizdagi vakolatli organ xodimlarini bilim malakalarini oshirish, taʼlim ehtiyojlarini baholash kabi bir nechta muhim masalalarni hal qilishdan iborat.
Shuningdek, gidrologiyani monitoring qilish infratuzilmalari, toshqinlarni modellashtirish va toshqin asoratlarini bartaraf etishga alohida eʼtibor beriladi.