O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq ho'jaligi

Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

10.03.2020Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Suvchi yoshlar 13,3 mlrd. so‘mlik loyihalarni amalga oshiradi

05.03.2020Iqtisodiyot

Suvchi yoshlar yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Parrandalarni yetishtirishda innovatsion texnologiyalar

04.03.2020Innovatsiya

Joriy yilning 3-mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vengriyaning “Agrofeed” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Parrandalarni yetishtirish uchun innovatsion texnologiyalar“ mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Belarus-O‘zbekiston Agrar forumi bo‘lib o‘tdi

03.03.2020Iqtisodiyot

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Belarus davlatlarining mahalliy hokimiyat organlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchilari, olimlar va ishbilarmonlar, uskunalar va texnologiyalar yetkazuvchilari, investorlar ishtirokida ikki kunlik Belarus-O‘zbekiston Agrar forumi bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida meva-sabzavotchilik klasterlarida olib borilayotgan ishlar

28.02.2020Iqtisodiyot

Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishda klasterlar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.Xodjayev boshchiligida Respublika ishchi guruhi joriy yilning 20-21-fevral kunlari Surxondaryo viloyatining Angor, Termiz, Qiziriq, Sherobod, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida hamda 21-22-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi tumanlarida tashrif buyurdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashdi

27.02.2020Iqtisodiyot

Mamlakatimizda 2020-yil - “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Yil nomidan kelib chiqqan holda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohasida ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr almashish maqsadida vazir Jamshid Xodjayev tizimda faoliyat ko‘rsatayogan yosh olim va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

Belarus Respublikasining agrar sohadagi yutuqlari namoyishi

26.02.2020Iqtisodiyot

Toshkentda Oʻzbekiston – Belarus agrar forumi hamda ikki mamlakat korxonalari mahsulotlari koʻrgazmasi ochildi.

Toshkentda Belarus-O‘zbekiston agrar forumi boshlandi

25.02.2020Iqtisodiyot

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur forumda Belarus Respublikasining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi mutasaddilari, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan 70 ga yaqin firma va kompaniyalar, ilmiy muassasalar, mashinasozlik korxonalari vakillaridan iborat katta delegatsiya ishtirok etmoqda.

Kimyo sanoatidagi asosiy vazifalar ko‘rsatib o‘tildi

24.02.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Limonchilik tarmogʻini yana-da rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

24.02.2020Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Gʻoʻzaning istiqbolli “OʻzFА-710” navi xorijlik ishlab chiqaruvchilar eʼtirofida

21.02.2020Iqtisodiyot

Hozirgi kun seleksiya fanining dolzarb vazifalaridan biri Oʻzbekistonning har bir viloyati sharoitlarida tabiiy potentsialini toʻliq koʻrsata oladigan gʻoʻza navlarini tanlash va hududlarga joylashtirish hisoblanadi. 

Toshkentda "Belarus-O‘zbekiston agrar forumi" bo‘lib o‘tadi

21.02.2020Iqtisodiyot

Joriy yilning 25-26-fevral kunlari Toshkentda Belarus-O‘zbekiston agrar forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar, chakana savdo, uskuna va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar, investorlar, dizayner va sanoat universitetlari vakillari ishtirok etadi.

Paxta sanoatini barqaror rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

20.02.2020Iqtisodiyot

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan "Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qo‘shilgan qiymatni oshirish" global loyihasi doirasida Better Cotton Initiative (BCI) - “Yaxshi paxta tashabbusi” tamoyillariga asoslangan barqaror paxta yetishtirish standart tizimi bo‘yicha trening Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.

Suv xo‘jaligi vazirligida matbuot anjumani o‘tkazildi

19.02.2020Jamiyat

Joriy yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning vazirlik tizimida ijrosiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.

Meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi

14.02.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan suvni boshqarishda foydalanish mumkin

14.02.2020Texnologiyalar

2020-yil 13-fevral kuni Suv xo‘jaligi vazirligida sohada uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 

Qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

13.02.2020Iqtisodiyot

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratdi. Xo‘sh, joriy yilda qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

 

Respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni “onlayn rejim”da masofadan boshqarish joriy etildi

12.02.2020Innovatsiya

Farg‘ona viloyatida respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni “onlayn rejim”da masofadan boshqarish joriy etildi. O‘rnatilgan avtomat qurilmalar elektr energiyasini tejash, avariya holatlarini oldindan aniqlash, begona shaxslar tomonidan quduqdagi nasosning yoqib-o‘chirilishiga chek qo‘yish, yog‘ingarchilik sharoitida ham xodimlarning ortiqcha vaqt sarfini va suv behuda isrof bo‘lishini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, dispetcher xonasidan bir vaqtning o‘zida bir nechta tik sug‘orish quduqlarini boshqarish imkonini beradi.