O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq ho'jaligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ICBA bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

10.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2019-yilda mamlakatda barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma faoliyatni faollashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Vazir Jamshid Xodjayev va ICBA bosh direktori Ismaxane Yeloufai o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi.

Ekinlarni tozalangan oqova suv bilan sugʻorishning tuproq tarkibiga taʼsiri oʻrganilmoqda

09.07.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olim va tadqiqotchilari tomonidan “Oqova suvlarni tozalash inshootlaridan chiqqan suv bilan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda tuproq ekologik-meliorativ holatining oʻzgarishini oʻrganish” mavzusida loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qo‘shni respublikalarning tegishli vazirlik va idoralari bilan doimiy hamkorlikda ishlab, suv xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarda yuzaga kelayotgan masalalarning yechimini birgalikda topish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar, muloqotlar uyushtirib keladi. Navbatdagi ana shunday uchrashuv joriy yilning 2-3-iyul kunlari, Toshkent shahrida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi

08.07.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligining yuksak yutuqlarini ommalashtirish, jurnalistlarning qishloq ayollari mavzusini muntazam yoritib borishlarini rag‘batlantirish hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarining qishloq xo‘jaligida jurnalistik pozitsiyalarini keng namoyon etishlarini ta’minlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashuvlarini amalga oshirishda faollik ko‘rsatmoqda

08.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jo‘natuvchilarga, eksportyor, dehqon hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bir qator imtiyozlar taqdim etilgan. Kompaniya tarkibidagi "Yo‘lRefTrans" aksiyadorlik jamiyatiga tegishli sovutgichli refrijerator vagonlarda yuk tashish xajmi o‘tgan 2019 yilning mos davriga nisbatan 2020 yilning olti oyi davomida 2,5 barobarga oshdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida xalqaro standartlarni sohaga keng joriy etishga e’tibor berilmoqda.

07.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“O‘zstandart” agentligi tomonidan Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida jahon mamlakatlari tan olgan xalqaro standartlarni qabul qilishga e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro zaytun kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

02.07.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Joriy yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Xalqaro zaytun kengashi (XZK)ning videokonferentsiya shaklidagi 111-sessiya ishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlanmoqda

02.07.2020JamiyatManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“O‘zstandart” agentligi tomonidan respublika bo‘yicha jami 164 ta (shundan 155 tasi Global G.A.P., 9 ta Organic) eksportyor korxonalarga "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqildi.

Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

02.07.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Hamkorlik rishtalari mustahkamlanib boraveradi

01.07.2020Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazida yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan KOPIA (Korea Program on International Agriculture) markazi markazi rahbari doktor An Xe Sungning mamlakatimizdagi faoliyati yakuniga yetganligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Fargʻonaga Ukrainadan 33 bosh naslli qoramol olib kelindi

30.06.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan “Volida” chorvachilik majmuasi 3000 bosh qoramol boqishga moʻljallangan.

Baxmal tumani kartoshkachilik markaziga aylanmoqda

29.06.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 650 gektar maydonda ertagi kartoshka yetishtirildi. Ayni paytda gʻalla hosili yigʻishtirib olingan 300 gektar maydonga kechki kartoshka ekilayotir.

Qishloq xo‘jaligi texnikalari qachondan boshlab majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi?

29.06.2020TexnologiyalarManba: O'zA

“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilinganidan xabaringiz bor.

Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

28.06.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Serdaromad va ijtimoiy ahamiyatli tarmoq istiqbollari belgilandi

26.06.2020SiyosatManba: O'zA

Shavkat Mirziyoyev Uchqoʻrgʻon tumani Norin daryosi boʻyida joylashgan noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi - “DB Group Eco” faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbekiston may oyida 190 tonnadan koʻp tarvuz eksport qildi

25.06.2020IqtisodiyotManba: «Xalq So'zi»

Joriy yilning 1-iyun holatiga koʻra, qiymati 121,1 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 190,5 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Xizmat koʻrsatish sohasiga 1 trillion soʻmdan ziyod kredit resurslari ajratiladi

16.06.2020SiyosatManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.