O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suvchi yoshlar 13,3 mlrd. so‘mlik loyihalarni amalga oshiradi

2020-03-05 | Iqtisodiyot

Suvchi yoshlar yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan joriy yilda umumiy qiymati 13,3 mlrd. so‘mlik 193 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar doirasida Farg‘ona viloyatida g‘isht ishlab chiqarish, Jizzax viloyatida tikuvchilik sexi, Navoiy viloyatida yoshlar bog‘i tashkil etildi. Shu kunga qadar 230 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi. Yil oxirigacha tizimda yaratilgan yangi ish o‘rinlari sonini 2500 taga yetkazish mo‘ljallangan.

2020-yil 4-mart kuni Suv xo‘jaligi vazirligida yoshlar bilan audioselektor orqali o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqotda ana shu masalalar muhokama qilindi.

Unda Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari A.Mirzayev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining o‘rinbosari B.Ochilov va boshqalar so‘zga chiqib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Bugungi kunda vazirlikda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ishtirokida qator tadbirlar amalga oshirilayapti. Jumladan, haftaning dam olish kunlari ma’naviy-ma’rifiy kechalar hamda teatr, muzey, madaniy muassasalarga  sayohatlar uyushtirilmoqda, tizim tashkilotlari jamoalari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilyapti.

Muloqot chog‘ida vazirlik tizimida mehnat qilayotgan yoshlarning O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan hamkorligini yanada kengaytirish, jumladan, yoshlar o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasidagi fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy resurslar va suv tejovchi texnologiyalarni, ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilishga doir targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, suv xo‘jaligini jadal rivojlantirishga hissa qo‘shish bilan bog‘liq vazifalar belgilab olindi.

Поделиться