O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida meva-sabzavotchilik klasterlarida olib borilayotgan ishlar
2020-02-28 | Iqtisodiyot
Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishda klasterlar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.Xodjayev boshchiligida Respublika ishchi guruhi joriy yilning 20-21-fevral kunlari Surxondaryo viloyatining Angor, Termiz, Qiziriq, Sherobod, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida hamda 21-22-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi tumanlarida tashrif buyurdi.
Tashrifda mahsulot yetkazib berish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalar tuzilishi, klasterlar va fermer xo‘jaliklari tomonidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilish hamda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha biznes rejalar va tegishli hujjatlar tayyorlanib tijorat banklari taqdim etilishi, shuningdek ularni faoliyatida mavjud muammolar xususida ochiq muloqat tarzida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.