O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Belarus-O‘zbekiston Agrar forumi bo‘lib o‘tdi

2020-03-03 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Belarus davlatlarining mahalliy hokimiyat organlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchilari, olimlar va ishbilarmonlar, uskunalar va texnologiyalar yetkazuvchilari, investorlar ishtirokida ikki kunlik Belarus-O‘zbekiston Agrar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Belarus Respublikasining 150 ga yaqin tadbirkorlari va tashkilotlari, shuningdek, 600 dan ortiq O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi. Bu esa ikki mamlakatning agrar sohadagi hamkorligini rivojlantirishga qiziqish yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar agrar sohada sanoat kooperatsiyasi va uskunalar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Shuningdek, tadbirda naslli chorvachilik, sut-mahsulot fermalari, sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash korxonalarini loyihalashtirish va tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi ishlanmalar taqdim etildi.

Shu bilan birga, agrar forum doirasida yalpi majlislar, mavzular bo‘yicha sektsiyalar va B2B-muzokaralar tashkil qilindi. Unda bog‘dorchilik, o‘simlik yetishtirish, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va tashish sohasida o‘zbek va belarus mutaxassislari tajriba almashishdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tarixida katta yutuqlarga erishilgani ishtirokchilar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli va faol muloqot hamda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlar davlatlar o‘rtasidagi rivojlanish yo‘nalishi va dinamikasiga turtki bermoqda.

Agrar forumning ochilish marosimida Belarus Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari V. Dvornik ta’kidlaganidek, “Belarus ishbilarmon doira vakillarining O‘zbekistonga tashrifi bizning biznes hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqadi. Belarus-O‘zbekiston Agrar forumi o‘zbek va belarus hamkorlari va hamkasblarni yangi g‘oyalar hamda innovatsion yutuqlar bilan tanishtirish, ularni agrosanoat majmuasidagi birgalikda amalga oshirish uchun istiqbolli loyihalarni aniqlashda ajoyib imkoniyatdir”.

Forum yakunida O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida erishilgan natijalarni o‘zida mujassamlashtirgan hamda ikki mamlakat agrar sektoridagi yangi yo‘nalishlarni belgilab beruvchi kelishuvlar imzolandi.

Поделиться