O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan suvni boshqarishda foydalanish mumkin

2020-02-14 | Texnologiyalar

2020-yil 13-fevral kuni Suv xo‘jaligi vazirligida sohada uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” DUK bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu seminarda ta’kidlandiki, uchuvchisiz uchish qurilmalari turli holatlar, vaziyatlar, voqealar, favqulodda holatlarni yuqoridan turib tasvirga oladi. Bu keng doiradagi ma’lumotlarni yig‘ish va shunga qarab chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, dalalarning, sug‘orish tarmoqlarining xaritalarini tuzish, katta yer maydonlarida ekinlarni sug‘orishni kuzatish, o‘simliklarga zarur ozuqaviy moddalar yetib borishini tahlil qilish  mumkin. Shuningdek, yer-suv maydonlarini nazorat qilish imkonini beradi. Ular  yordamida qishloq xo‘jaligida yer maydonlarining chegaralarini, tuproqning xususiyatlari, o‘simlikning suvga muhtojligini aniqlash, hatto, suvni boshqarishda ham foydalanish mumkin.

Shu bilan birga, ta’kidlandiki, mamlakatimizda uchuvchisiz uchish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish tartibi ishlab chiqilgan. Qonunchilikka ko‘ra, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Поделиться