O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gʻoʻzaning istiqbolli “OʻzFА-710” navi xorijlik ishlab chiqaruvchilar eʼtirofida

2020-02-21 | Iqtisodiyot

Hozirgi kun seleksiya fanining dolzarb vazifalaridan biri Oʻzbekistonning har bir viloyati sharoitlarida tabiiy potentsialini toʻliq koʻrsata oladigan gʻoʻza navlarini tanlash va hududlarga joylashtirish hisoblanadi. 

Bu borada OʻzR FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti seleksioner olimlari tomonidan seleksiya qilingan “OʻzFА-710” navi eʼtiborga molik. Mazkur nav I.Qahharov, O.Ergashevlarning koʼp yillik izlanishlari samarasi hisoblanadi. “OʻzFА-710” navi gʼoʼzaning G.hirsutum L.turining geografik uzoq shakllari, xususan, mahalliy 6161 tizmasini x 75007-3 (Аvstraliya navi) bilan duragaylashdan ajratib olingan L-2969 tizmasi asosida uzoq yillar davomida maqsadli qayta-qayta tanlash usulini qoʼllash orqali yaratilgan.

Mazkur gʻoʻza navining boshqa navlardan farqi tola chiqimi yuqori (40-43%), hosil elementlarini koʼp tugadi. Bundan tashqari, qurgʼoqchilik, kasalliklar va boshqa stress omillarga chidamli.

OʻzR FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiya institutining “Fargʼona” filiali, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Nasafiy” va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Аzamat” yangi navlar urugʼlarini dastlabki koʼpaytiruvchi elita urugʼchilik fermer xoʼjaliklarida urugʼchilik ishlari davom ettirildi. Navning “Fargʼona” filialda 12 ga maydonda tayyorlangan urugʼlik qismi mazkur tumanda faoliyat olib borayotgan “FERGANA SPINNING” klasteri tomonidan toʼliq qabul qilindi.

Аlohida eʼtirof etish lozimki, “OʻzFА-710” navi yaqin qoʼshnilarimiz ishlab chiqaruvchilarida ham katta qiziqish uygʼotgan boʼlib, hozirda hamkorlik masalalari oʼrganilmoqda.

Поделиться