O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda "Belarus-O‘zbekiston agrar forumi" bo‘lib o‘tadi
2020-02-21 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 25-26-fevral kunlari Toshkentda Belarus-O‘zbekiston agrar forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar, chakana savdo, uskuna va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar, investorlar, dizayner va sanoat universitetlari vakillari ishtirok etadi.
Forumga Belarus Respublikasidan 80 dan ortiq korxona va tashkilotlarning 150 nafarga yaqin vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda. Forum doirasida Belarus va O‘zbekiston korxonalari o‘zlarining eksport imkoniyatlarini namoyish etadilar.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik va sutchilik, ishlab chiqarishni loyihalashtirish va qurish, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor resurslardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashiladi.
Belorussiya-O‘zbekiston agrar forumida ishtirok etish uchun tadbirning uz.produkt.by rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.