O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Rossiya-O‘zbekiston taʼlim forumi»da Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari taqdimot qildi

2021-11-18 | Innovatsiya

Moskva shahrida «Rossiya-O‘zbekiston taʼlim forumi» o‘tkazildi. Forumda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 100 nafarga yaqin taʼlim va ilm fan-sohasi uchun masʼul vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari qatorida Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ham ishtirok etdi.

Vazir o‘rinbosari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda maʼruza qilib, O‘zbekistondagi ilm-fan va innovatsion faoliyatga qaratilayotgan eʼtibor haqida taqdimot o‘tkazdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi mexanizmi joriy etilgani, dolzarb tematik mavzular bo‘yicha muntazam ravishda tanlovlarni eʼlon qilib borish amaliyoti tatbiq etilayotgani haqida gapirdi. Grant tizimi moliyalashtirilayotgan loyihalarning raqobatbardoshligiga, sifati va ko‘lamiga ijobiy taʼsir etayotganini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, 2019-2020-yilgi O‘zbekiston-Rossiya ilmiy-texnik hamkorlik dasturi doirasida 17 ta umumiy qiymati 3,5 mlrd. so‘m bo‘lgan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar amalga oshirildi va qator muhim ilmiy natijalar olindi. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan moliyalashtirilayogan 13 ta fundamental loyihalarning hamrahbarlari rossiyalik olimlardir.

N. Turdiqulova ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, bor imkoniyatlardan yana-da samarali foydalanish zarurligini qayd etib, qo‘shma loyihalar soni va ko‘lamini kengaytirish, yosh olimlar uchun stajirovkalarni tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish hamkorlikda ilmiy tadbirlarni o‘tkazish, birgalikda yuqori malakali ilmiy va muhandis-texnik mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish masalalarini ilgari surdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться