O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yashnobod” innovatsion texnoparkining rezidenti Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi faxriy konsul etib tayinlandi

2021-11-09 | Innovatsiya

Toshkent shahrida Slovakiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Faxriy konsulligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi faxriy konsuli Vasiliy Shimkoga konsullik patentini tantanali ravishda topshirildi. Vasiliy Shimko O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparkining rezidenti “Chirana Asia” Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining rahbari bo‘lib, u Markaziy Osiyoda yagona jahon standartlariga mos o‘pkani sunʼiy nafas oldirish uskunalari ishlab chiqarish zavodini tashkil etgan.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova so‘zga chiqib, mazkur korxona aynan pandemiya davrida faoliyat yuritib, ko‘plab insonlarning jonini saqlashga xizmat qilgani haqida fikr bildirdi. Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan o‘pkani sunʼiy nafas oldirish uskunalari Ichki ishlar vazirligi gospitali, 1-sonli shahar shifoxonasi, “DMC”klinikasi va boshqa shifoxonalarda o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 10 ming soatdan ortiq foydalanildi va ular o‘z samarasini namoyon etib ulgurdi.

“Chirana Asia” zavodining o‘quv markazida har oyda O‘zbekistonning taniqli reanimatolog-anesteziologlari va zavodning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish uskunalari va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasiga yuqori Yevropa texnologiyalarini o‘tkazmoqda. XKorxona, shuningdek, ko‘plab xayriya tadbirlarida qatnashadi, turli tibbiyot muassasalariga, nogiron bolalarga, urush qatnashchilariga yordam ko‘rsatadi.

Ushbu tayinlov Slovakiya Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniyat va taʼlim sohalari bilan bir qatorda siyosat, investitsiya va iqtisodiyot sohalarida ham jadal aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Faxriy konsullikning tantanali ochilish marosimi hamda undan so‘ng taklif etilgan mehmonlarni qabul qilish Slovakiya Respublikasi Faxriy konsulligi binosida bo‘lib o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться