O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Vengriyaga tashrif buyurdi

2021-11-30 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya 29 noyabr` kuni  Vengriya Respublikasiga tashrifi boshlandi. 

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya Vengriya Sanoat, ilmiy, innovatsion va texnologik parklar assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida vazir I.Abdurahmonov Assotsiatsiya Prezidenti Norbert Moruj bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida tomonlar O'zbekiston va Vengriya ilmiy va texnologik parklari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. 

Vengriya Sanoat, ilmiy, innovatsion va texnologik parklar assotsiatsiyasi (IPE) 1994-yilda sanoat parklarini rivojlantirish i faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan tashkilot hisoblanib, hozirgi kunda o'z faoliyati doirasida ilmiy, innovatsion va texnologik parklarni ham qo'llab-quvvatlaydi. Vengriya innovatsiya va texnologiyalar vazirligi huzurida faoliyat yuritadi. 

Muzokaralar davomida mazkur assotsiatsiya va Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” texnoparki o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatib, bir qator yo'nalishlarda qo'shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Xususan, qo'shma akseleratsiya-inkubatsiya dasturlarini tashkil qilish, hamkorlikda qo'shma O'zbekiston-Vengriya startap loyihalar tanlovini amalga oshirish, loyihalarni tanlash va ularni baholash tizimini birgalikda ko'rib chiqish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari  “Inno” texnoparkni Xalqaro sanoat, innovatsion va texnologik parklar assotsiatsiyasiga a'zo sifatida kiritish bo'yicha amaliy qadamlar tashlanishiga kelishildi. 

Shu bilan birga, Ibrohim Abdurahmonov Jismoniy tarbiya universiteti rektori Sterbenz Tamash bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida tomonlar jismoniy tarbiya, sport, sog'liqni saqlash sohalarida ikki davlatda amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy ishlar va tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash tizimlari yuzasidan fikr almashishdi. 

Muzokaralar davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda sohada faoliyat yurituvchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan aloqalarni o'rnatish, hamkorlikdagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirish masalalariga to'xtalib o'tishdi. 

Ta'kidlash joizki, Jismoniy tarbiya universiteti (University of Physical Education TE) 1925-yilda tashkil etilgan bo'lib, Vengriya va Sharqiy Evropaning eng yirik jismoniy tarbiya va sport yo'nalishiga ixtisoslashgan oliy ta'lim va ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться