O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Latviya elchisi bilan uchrashdi

2021-11-10 | Siyosat

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Latviyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Latviya tomonidan Latviya qishloq xo‘jaligi universiteti prorektori Aygars Layzans Xalqaro hamkorlik markazi Aygars Layzans, Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va innovatsiyalar bo‘yicha o‘quv dasturi direktori Datse Klava, Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Edvards Ratniyeks, Latviya qishloq xo‘jaligi universiteti loyihalar rahbari Irina Kulityneb, Boltiqbo‘yi markazi boshqaruv raisi Kseniya Doljenko ishtirok etdilar.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik, «yashil iqtisodiyot» tamoyillarini yo‘lga qo‘yishda ilmiy tadqiqotlarning o‘rni, taʼlim yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Bioiqtisodiyot, biotibbiyot, bioenergetika, “aqlli” materiallar, IT-texnologiyalar hozirda Latviya uchun ustuvor bo‘lib turgani munosabati bilan aynan shu yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, eksport va ichiki isteʼmol uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash, tadqiqotchilar tomonidan ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun yangi usul sifatida vaucher tizimini joriy etish, OTMlarda “Double Degree” amaliyotini tatbiq etish bioqtisodiyotga axborot texnologiyalarini kiritish istiqbollari haqida fikr almashildi. Shuningdek, tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh olimlarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться