O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

InnoWeek.Uz-2021» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga bag‘ishlangan press-konferensiya o‘tkazildi

2021-11-23 | Innovatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan navbatdagi “InnoWeek-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga bag‘ishlangan press-konferensiya o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi direktori Olimjon To‘ychiyev Alijonovich, Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonov, Tarmoq korxonalarida innovatsion ekotizimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Berdiyev va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi direktori o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov qatnashdi.

2021-yilning 22-27-noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida navbatdagi “InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. “Innoweek.Uz-2021” — mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi biznes munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, potensial sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir.

22-noyabr kuni Haftalik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari hamda mahalliy va xalqaro jurnalistlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida press-konferensiya o‘tkaziladi.

“InnoWeek.Uz-2021” haftaligi doirasida 10dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, innovatsiyalar kirib borgan har bir sohalarning faoliyatiga eʼtibor qaratiladi va ko‘rgazmalarda taqdim etilishi inobatga olingan.

22-noyabr kuni “Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz” mavzusida xalqaro konferensiyasi o‘tkazilishi belgilangan. Konferensiyada asosiy muhokamalar dunyo tajribasidan kelib chiqib Orolbo‘yi mintaqasida innovatsiyalar hamda ekologik toza energiya va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, cho‘llanishning oldini olish va ekologik turizmni rivojlantirishga qaratilgan.

23-noyabr kuni Xalqaro innovatsion yarmarkaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘sha kunning o‘zida “Postpandemiya davri uchun innovatsiyalar va investitsiyalar forumi o‘z ishini boshlaydi. Ushbu forumda pandemiya davri mobaynida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar muhokama qilinib, tahlil qilinadi.

Shu bilan birga, haftalik doirasida 23-26-noyabr kunlari oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan xo‘jalik boshqaruvi organlari, tarmoq tashkilotlari va hududlar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish Forumining ikkinchi (kuzgi) bosqichi o‘tkaziladi.

Forumda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan hamda tijoratlashtirishgacha tayyorlash maqsadida 44ta yangi loyiha natijalari, tijoratlashtirilayotgan innovatsion ishlanmalar hamda innovatsion hududlarda ishlab chiqarilayotgan 200 dan ortiq maxsulotlar va 2022-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan innovatsion ishlanmalar ishtirok etadi. Mazkur loyihalar asosan qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmatsevtika hamda energetika sohasidagi innovatsion ishlanmalarni tashkil etadi.

24-noyabr kuni “Sunʼiy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” mavzusidagi xalqaro konferensiya rejalashtirilgan bo‘lib, unda sunʼiy intellekt texnologiyalari bo‘yicha xalqaro hamda mahalliy malakali mutaxassiclar tomonidan maʼruzalar tashkil etilgan. Shuningdek, 23-24-noyabr kunlari Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalari ko‘rgazmasi ham haftalik dasturida o‘rin olgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться