Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha Startap loyihalar tanlovi uchun loyihalar taqdim etish muddati 2021-yil 25-noyabrgacha uzaytirildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” Nizom 7-bandiga muvofiq respublika miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovini e'lon qiladi.
Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:
Arizalar 1-noyabrdan 25-noyabrgacha qabul qilinadi;
1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;
Startap loyihalar asosida tayyor mahsulot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning eng ko‘p muddati 2 yildan oshmasligi lozim;
Startap loyiha tashabbuskori – startap loyiha asoschilaridan bo‘lishi (kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi).
Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:
Tanlovda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli startap-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovasiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart;
Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ustuvor sohalar sifatida quyidagilar belgilanadi:
Mis sanoati;
Uzumchilik;
Ipakchilik va jun sanoati;
Biotexnologiya va tibbiyot;
Qayta tiklanuvchi energetika;
Qishloq xo‘jaligi;
Axborot texnologiyalari.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi