O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya

Turkiyaning Sağlik Teknokenti A.Ş. universiteti huzuridagi Teknopol Istanbul texnoparki vakillari bilan muzokara o'tkazildi

19.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari "Teknopol Istanbul" mutasaddi xodimlari bilan video muloqot tarzida muzokaralar o'tkazdi.

Tijoratlashtirish bahorgi forumiga loyihalar taqdimoti o'tkazildi

18.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida 83 ta oliy ta'lim va ilmiy tashkilotlardan kelib tushgan 300 dan ortiq ilmiy ishlanmalardan 69 ta istiqbolli loyihalar saralab olindi va mualliflari tomonidan taqdimotlar o'tkazildi.

Sanoat, ilmiy, innovatsion va texnologiyalar parklari assotsiatsiyasi (IPE) vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi

14.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Joriy yilning 13-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Vengriyaning Sanoat, ilmiy, innovatsion va texnologiyalar parklari assotsiatsiyasi (IPE) ijrochi direktori Norbert Morucz oʻrtasida video muloqot tarzida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Yevropa-Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

14.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova Yevropa-Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi Bosh kotibi Oybek Shayxov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Guliston davlat universiteti Kuzatuv kengashi raisi sifatida ham faoliyat yuritadi

13.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori Olimjon To‘ychiyev hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion infratuzilmalar va texnoparklarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Xojiakbar Karimov, Sirdaryo viloyati innovatsion infratuzilma obyektlari hamda oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyasini rivojlantirish, shuningdek viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari ilmiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish grant dasturini yangilash: ekspertiza jarayonini mustahkamlash

08.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi moliyalashtirish uchun yuqori sifatli tadqiqot takliflarining tanlash maqsadida mustaqil xalqaro ekspertlarni jalb etadi. Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish guruhi (LAOG) Moliyaviy bitim va Loyihani amalga oshirish yoʻriqnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda mustaqil taqrizchilarni tanlash va ishga qabul qilish (haq evaziga yoki bepul) uchun masʼuldir.

Kimyo bo'yicha darslik mualliflari jamoasiga 100 mln. so'mlik mukofot berildi

08.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

2021-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilg'or xorijiy tajriba asosida ta'lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o'quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo'yicha milliy tanlov tashkil qilindi. Tanlov 2021-yilning 8-yanvar kuni e'lon qilindi va uning natijasiga ko'ra g'olib deb topilgan mualliflarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan 100,0 mln. so'mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlash belgilandi.

Nobel mukofoti laureati o'zbekistonlik yoshlar uchun ma'ruza qildi

07.01.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Joriy yilning 6-yanvar kuni Nobel mukofoti laureati, Nagoya universiteti professori Hiroshi Amanoning onlayn ma'ruzasi bo'lib o'tdi. Hiroshi Amano yorqin va energiya tejamkor yorug'lik manbalaridan foydalanish imkonini beradigan samarali yorug'lik chiqaradigan diodlarni ixtiro qilgani uchun 2014-yilda fizika bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.

Ilmiy va innovatsion sohalardagi hamkorlik mamlakatning global iqtisodiy makondagi nufuzini oshiradi

06.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Shiddat bilan yangilanayotgan zamonda ixtirolar, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion g'oyalar, texnik ishlanmalar va ularni tijoratlashtirish o'ta muhim sanaladi. Aynan ularning ko'lami va sifati raqobatbardosh, daromadi yuqori mahsulotlar yaratishga xizmat qiladi. O'z navbatida, xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish mamlakat ilmiy salohiyati darajasini belgilaydi.

“Istanbul” texnoparki delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi

30.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov taklifiga ko'ra “Istanbul” texnoparki Bosh menejeri Bilal Topchu boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi. 28-dekabr kuni Vazirlik binosida o'zbek va turk tomonlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Vena universiteti stajyori ilmiy amaliyoti haqida ma'lumot berdi

29.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Hozirgi kunda Vena universiteti dunyo ta'lim muassasalari o'rtasida 137-o'rinni egallaydi va universitetda 92 000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda shulardan, 80 000 nafardan ortig'i chet eldan kelgan talabalar hisoblanadi. 

Baliqchilik oziq-ovqat sanoatining muhim tarmogʻi

28.12.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 20-dekabrda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, bu boradagi ishlarning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi mazkur sohaning mamlakat oziq-ovqat sanoatida ulushi qay darajada ekanligi koʻrsatib berdi.

“Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirildi, yana bir korxonaga tamal toshi qo‘yildi

25.12.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 25-dekabr kuni “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimi bo‘ldi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Vodorod energetikasi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi konsepsiyasi muhokama qilindi

24.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi va AQSHning USAID agentligi hamkorligida O‘zbekistonda vodorod energetikasi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi konsepsiyasini muhokama qilish maqsadida pedagoglar, olimlar va xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston — Koreya: innovatsion texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

22.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni ilm-fan, innovatsion texnologiyalar, xususan, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, “aqlli shaharlar”, axborot texnologiyalari sohasidagi o‘zaro manfaatli, izchil aloqalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

«Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davri yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

22.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida «O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021» haftaligi doirasidagi «Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davri yakuniy bosqichi g‘olib loyihalarini taqdimoti va jamoalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Startap loyihalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

21.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi direktori Olimjon To‘ychiyev qatnashadi va mutasaddilar ishtirokida "Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Muvaffaqiyat tarixi: Oʻzbekistonlik startap Islandiyadagi AppStore TOP-10taligi reytingida 2-oʻrinni egalladi

17.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Hozirda texnologiyalar shunchalik tez oʻzgaryaptiki, 2030-yilga borib dunyo butkul oʻzgarib ketishi mumkin degan taxminlar qilinmoqda. Aynan shuning uchun ham dunyodagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar axborot texnologiyalari sohasiga katta eʼtibor qaratmoqda.

“Talaba va o'quvchilar orasida kimyoviy texnologiya bo'yicha fan festivali” bo'lib o'tdi

15.12.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Talaba va o'quvchilar orasida kimyoviy texnologiya bo'yicha fan festivali” bo'lib o'tdi. Unda musobaqalar, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etgan va g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba va o'quvchilar ishtirok etdi.

O'zbekiston va Vengriyaning innovatsiyalar uchun mas'ul vazirliklari hamkorligi kengaymoqda

02.12.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Vengriya Respublikasiga tashrif davomida O'zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Vengriya innovatsiyalar va texnologiyalar vaziri Lazlo Palkovich bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar hamkorlikda ilmiy loyihalar tanlovlari, doktorantura uchun kvota va malaka almashish masalalarida qator kelishuvlarga erishdilar.