O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Olimlarga grant sertifikatlari topshirildi
2021-12-01 | Innovatsiya
“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 89,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 41 ta loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarni olimlarga Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov taqdim etdi.
Tadbirda 11 ta fan yo‘nalishi kesimida Fanlar akademiyasi hamda 3 ta vazirlik, 1 ta qo‘mita tasarrufidagi 11 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 14 ta oliy taʼlim muassasasi, 6 ta ilmiy markazi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 89,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 41 ta (22 ta amaliy, 14 ta innovatsion va 5 ta fundamental) loyihalar rahbarlariga sertifikatlar berildi. Ilmiy loyihalar yakuniy natijalari qishloq xo‘jaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, farmakologiya va farmatsevtika yo‘nalishida dori vositalari va substansiyalar, texnik qurilmalar, tajriba-konstruktorlik namunalari, dasturiy mahsulotlar olishga qaratilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda umumiy qiymati 296,0 mlrd. so‘m bo‘lgan 260 ta tematik mavzu (63 ta innovatsion, 197 ta amaliy)lar eʼlon qilindi. Hozirda 13 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qiymati 40,72 mlrd so‘m bo‘lgan 33 ta tematik mavzular ( 21 ta amaliy, 12 ta innovatsion) uchun tanlovlar davom etmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi