O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pekinda "Yangi koronavirusni bartaraf etish: ilm-fan masalasi" mavzusida xalqaro-innovatsion forum o‘tkazildi

2021-11-12 | Innovatsiya

“Discovery China Biotechnology Network” nashrining xabar berishicha, 1-3-noyabr kunlari XXR poytaxti Pekinda koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan «Yangi koronavirusni bartaraf etish: ilm-fan masalasi» mavzusida xalqaro-innovatsion forum bo‘lib o‘tdi.

Forum Xitoy fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti hamda Ilmiy tashkilotlar xalqaro alyansi (ANSO) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda Forum onlayn shaklda o‘tkazildi.

Tadbirda koronavirus bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazayotgan 60 nafardan ortiq ekspertlar ishtirok etdilar. Ular qatorida Xitoy fanlar akademiyasi, Amerika fanlar akademiyasi, Braziliya fanlar akademiyasi akademiklari ham qatnashdilar. Ishtirokchilar virus infeksiyasi va uning patogen mexanizmlari, vaksinalar, antitanalar, dori preparatlari yaratish va organizmning immun himoyasi kabi masalalarda maʼruzalar qildilar. Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va diagnostikasi, pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash bo‘yicha global strategiya, pandemiyani oldini olish choralari muhokama qilindi. Onlayn ishtirokchilar soni 600 kishidan oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning mazkur Forumdagi chiqishi yurtimizda koronavirusga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ilmiy izlanishlarga bag‘ishlandi. Xususan, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining samarasi, koronavirusga qarshi yaratilayogan mahalliy vaksinalar va dori preparatlari haqida maʼlumotlar berdi.

Qator akademiklar, ekspertlar, olimlar va yetakchi tadqiqotchilar COVID-19 virusi bo‘yicha turli yo‘nalishlardagi so‘nggi tadqiqotlar natijalari bilan o‘rtoqlashdilar, viruslarga va virus natijasida yuzaga keladigan pnevmoniyaga qarshi kurashishning yangi usullarini muhokama qildilar.

Epidemiyaning qayta-qayta takrorlanib turgan to‘lqinlari koronavirus bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan ilmiy hamjamiyatning bitta platformada birlashishiga, xalqaro hamkorlik va integratsiyani mustahkamlashga sabab bo‘lmoqda. Mazkur forum aynan shu maqsadga xizmat qildi va olimlarni yuqumli kasalliklarga qarshi va ularni davolash yo‘lida birlashishga, ijtimoiy masʼuliyatga chorladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться