O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yashnobod innovatsion texnoparki “Biznes Inkubator” dasturini eʼlon qildi

2021-11-17 | Innovatsiya

Innovatsion Innovatsion rivojlanish vazirligida “Yashnobod” innovatsion texnoparkining yangi gʻoyalarni qoʻllab - quvvatlash “Biznes Inkubator” dasturining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda OTM ilmiy xodimlari va talabalar, tadbirkorlar, tashabbuskor yoshlar ishtirok etdilar.

Dastur uch oy davom etadi. Dastur qatnashchilari oʻz ilmiy gʻoyalarini biznes modelga aylantirish va hayotga tatbiq qilish, investorlar bilan ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oladilar. Mashgʻulotlar Oʻzbekistonning koʻzga koʻringan mahalliy va xalqaro mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Undan tashqari, qatnashchilarga uch oy davomida tajribali biznes-ustozlar biriktiriladi. Biznes-ustozlar qatnashchilarga olingan saboqlarni oʻz loyihalarida samarali qoʻllashlarida koʻmak berib boradilar.

Dasturda marketing boshqaruvi, moliyaviy boshqaruv, biznes operatsiyalar, raqamlashtirish va elestron platformalardan samarali foydalanish, huquqiy savodxonlik va soliqchilikka oid mavzularni oʻz ichiga oladi.

Dastur soʻngida “Demo-kun” tadbiri oʻtkaziladi. Unda dastur ishtirokchilari oʻz loyihalari hamda biznes rejalarini investorlarga taqdim qilishlari mumkin boʻladi.

Dastur asosiy maqsadi – yoshlar, yosh tadbirkorlar, ixtirochi olimlarga ularning gʻoyalarini ishlovchi biznes-modelga aylantirish, biznes boshqaruvda koʻmak berish, tadbirkorlar, olimlar va tashabbuskor yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirishdan iborat.

Biznes inkubatorda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirish mumkin: https://yait.uz/uz/apply-incubator/.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться