O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilyapti

2021-11-11 | Ta’lim

Innovatsion rivojlanish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan respublikadagi barcha ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn malaka oshirish kursi tashkillashtirildi.

O‘quv kurslarida tinglovchilarga oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi, ilmiy loyihalar tanlovlariga loyihalarni tayyorlash va topshirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, moliyalashtirilgan loyihalarning hisoboti va monitoringini tashkil etish, tanlovga kelib tushgan loyihalarni moliyaviy ekspertizasini tashkil etish kabi mavzularda maʼruzalar o‘qiladi, taqdimotlar qilinadi. Shuningdek, startap loyihalar, Yoshlar akademiyasi faoliyati, "Bo‘lajak olim" tanlovi to‘g‘risida keng maʼlumotlar beriladi, taʼlim tizimini takomillashtirishda inson kapitalini o‘rni muhokama etiladi.

Tadbirning ochilishida 2022-yildan boshlab ilmiy va innovatsion faoliyati yuqori baholangan rahbar o‘rinbosarlari xorijiy davlatlarda malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilgani haqida xabar berildi.

Malaka oshirish kursi 20-noyabrga qadar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться