O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Startap loyihalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
2021-12-21 | Innovatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi direktori Olimjon To‘ychiyev qatnashadi va mutasaddilar ishtirokida "Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi direktori Olimjon To‘ychiyev, shuningdek, INnovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Ilhomov hamda Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova qatnashadilar.
Hozirgi kunga qadar jami 73,8 mlrd so‘mlik 94 ta startap loyihani moliyalashtirish uchun shartnoma tuzilgan. Moliyalashtirilgan startap loyihalarning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimidagi ulushi sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 18,7 mlrd so‘mlik 20 ta, axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha 15,7 mlrd so‘mlik 19 ta, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 15,2 mlrd so‘mlik 23 ta, transport va energetika sohasi bo‘yicha 10,2 mlrd. co‘mlik 12 ta, qurilish sohasi bo‘yicha 4,9 mlrd so‘mlik 7 ta, oziq-ovqat sohasi bo‘yicha 3,3 mlrd co‘mlik 5 ta boshqa soha-tarmoqlar bo‘yicha 5,8 mlrd so‘mlik 8 ta loyihani tashkil qilmoqda. Mazkur startap loyihalarning amalga oshirilishi natijasida jami 778 ta yangi ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida birgina 2021-yil davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 5 ta tanlov eʼlon qilindi. Ularning 2 tasi Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma tanlovlardir. Hozirda Qashqadaryo viloyatida startap loyihalar tanlovi hamda Innovatsion hududlar muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar tanlovi davom etmoqda.
Hozirda innovatsion hududlardagi muammolarni yechimiga qaratilgan 17 mlrd so‘mga teng 25 ta startap loyiha davlat grantlari hisobidan moliyalashtirilgan. Natijada eksportbob va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi, 286 ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi.
Startap ekotizimini rivojlantirishda dastavval yoshlar ongida “startap” madaniyatini shakllantirish va keng targ‘ib etish ishlari amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida, viloyatlardagi taʼlim muassasalarida amaliy seminar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Xususan “Technoways” texnologik marafonlari orqali startap madaniyati targ‘ibotlari olib borildi.
Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda
Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida umumiy qiymati 50 mlrd. so‘m «Akademik harakatchanlik» va «Bo‘lajak olim» tanlovlari eʼlon qilindi.
2021-yilning may oyidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablag‘lari doirasida «Bo‘lajak olim» tanlovi doirasida ilmiy g‘oya va startap loyihalar bo‘yicha takliflar qabul qilish bo‘yicha eʼlon berildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra startap loyihalar bo‘yicha 150 ta ariza qabul qilindi. Texnik va moliyaviy ekspertiza yakunlari bo‘yicha 25 ta startap umumiy qiymati 8.4 mlrd. so‘m ga moliyalashtirildi.
Bo‘lajak olim tanlovi doirasida eʼlon qilingan ilmiy g‘oyalar tanlovi bo‘yicha umumiy qiymati 3.2 mlrd. so‘m bo‘lgan 49 ta ilmiy g‘oya egalarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Qolaversa, Yoshlar akademiyasi tomonidan «Qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion loyihalari» tanlovi tashkil etildi, ushbu tanlov yakunida 10 ta loyiha umumiy qiymati 467 mln. so‘m bilan rag‘batlantirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi