O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Guliston davlat universiteti Kuzatuv kengashi raisi sifatida ham faoliyat yuritadi

2022-01-13 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori Olimjon To‘ychiyev hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion infratuzilmalar va texnoparklarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Xojiakbar Karimov, Sirdaryo viloyati innovatsion infratuzilma obyektlari hamda oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyasini rivojlantirish, shuningdek viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari ilmiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Tashrif davomida Guliston davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda istiqbolli loyihalar o‘rganildi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalarining vasiylik kengashi tugatilib, Kuzatuv kengashi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan Kuzatuv kengashlarining asosiy vakolatlari belgilab berildi. Ushbu qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston davlat universitetining Kuzatuv kengashi tarkibi shakllantirilgan. Mazkur Kuzatuv kengashi raisi etib Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov tayinlangan.

Guliston davlat universitetining Kuzatuv kengashi kelgusidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha kun tartibi tasdiqlandi. Kun tartibiga uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish, o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, taʼlim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha rektor va prorektorlar faoliyatini o‘rganish hamda axborotini eshitish masalalari qayd etildi.

Shu o‘rinda, Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan, universitet yoshlarida biznes g‘oyalarini shakllantirish, uni amalga oshirish va yuritish qoidalarini o‘rgatish, samarali biznes rejalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Guliston davlat universiteti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamkorligida biznes-akselerator faoliyatini tashkil etish taklifi bildirildi.

Sirdaryo viloyatiga uyushtirilgan tashrif davomida ishchi guruh vakillari Sirdaryo Yoshlar Texnoparki qurilish ishlari bilan tanishdilar, mavjud muammoli masalalar muhokama qilindi va ushbu masalalar yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Shu o‘rinda, tashrif davomida Sirdaryoda biznes akseleratori faoliyati o‘rganildi.

Sirdaryoda biznes akseleratori Vazirlar Mahkamasining yoshlarda muhandislik ko‘nikmalarini shakllantirish va innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularni ish bilan taʼminlash, shuningdek, hududning ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida qabul qilingan tegishli qarori asosida tashkil etilgan kasb-hunar markazi bo‘lib mamlakatimizdagi ilk o‘quv-amaliy maskani hisoblanadi. Muassasaning asosiy vazifasi tadbirkorlik subyektlariga o‘z biznesini yuritishda yaqindan yordam berish, ilg‘or axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalar yordamida tadbirkorlik kurslarini tashkil etishdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться