O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Talaba va o'quvchilar orasida kimyoviy texnologiya bo'yicha fan festivali” bo'lib o'tdi

2021-12-15 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Talaba va o'quvchilar orasida kimyoviy texnologiya bo'yicha fan festivali” bo'lib o'tdi. Unda musobaqalar, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etgan va g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba va o'quvchilar ishtirok etdi.

Festival avvalida Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirishda yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to'g'risida fikr bildirdi.

Ta'kidlanishicha, yoshlarni kimyo va biologiya fanlari bo'yicha chuqur o'qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.

Shu bilan birga, umumta'lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o'qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligi, o'qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma'nan eskirganligi, o'qituvchilarning mehnatini munosib rag'batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, festival doirasida o'tkazilgan musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga “Yoshlar akademiyasi”ning a'zolik sertifikatlari hamda barcha ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun, O'zbekistonda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo'nalishlarda ta'lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili» Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться