O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish grant dasturini yangilash: ekspertiza jarayonini mustahkamlash
2022-01-08 | Innovatsiya
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi moliyalashtirish uchun yuqori sifatli tadqiqot takliflarining tanlash maqsadida mustaqil xalqaro ekspertlarni jalb etadi. Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish guruhi (LAOG) Moliyaviy bitim va Loyihani amalga oshirish yoʻriqnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda mustaqil taqrizchilarni tanlash va ishga qabul qilish (haq evaziga yoki bepul) uchun masʼuldir.
Shu munosabat bilan, Jahon banki tartib-qoidalari asosida Yevropa ilmiy fondi – Science Connect (Fransiya) ekspertizadan oʻtkazish uchun autsorsing xizmatlarini amalga oshirish uchun tanlab olindi.
Bir necha muzokaralardan soʻng hamda Yevropa ilmiy fondining katta tajribasiga asoslanib, faqat yuqori sifatli takliflarni tanlab olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi takliflarni baholash muddatini qayta koʻrib chiqishga qaror qildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish grant dasturi qoʻllanmasiga (REP GPM) zarur oʻzgartirishlar kiritildi.
Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish grant dasturi qoʻllanmasining oʻzgartirilgan versiyasi quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi