O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiyaning Sağlik Teknokenti A.Ş. universiteti huzuridagi Teknopol Istanbul texnoparki vakillari bilan muzokara o'tkazildi
2022-01-19 | Iqtisodiyot
Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari "Teknopol Istanbul" mutasaddi xodimlari bilan video muloqot tarzida muzokaralar o'tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bo'yicha fikrlar almashdi hamda 2021-yilning dekabr oyida Turkiyada tomonlar o'rtasida imzolangan memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida “Yo'l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olishdi.
Dastlabki hamkorlik yo'nalishlari belgilab olindi. Xususan, “Teknopol Istanbul” bilan birgalikda Buxoro shahrida qurilayotgan yoshlar texnoparki hududida tibbiyot sohasida texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan biznes-inkubator tashkil etish, qo'shma konferentsiyalar, treninglar, tanlovlar, seminarlar, davra suhbatlari, qo'shma ilmiy-konstruktorlik loyihalari ko'rgazmalarini tashkil etishga kelishildi.
“Teknopol Istanbul” bilan hamkorlikda tajriba almashish hamda akseleratsiya dasturlari, ish safarlari, ilg'or tajriba tashriflari, hamkorlik tarmoqlarini yaratish, mentorlik va startaplar uchun qo'shma yarmarkada ishtirok etish uchun imkoniyatlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi