O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palatasi o'rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi

28.10.2022Sog‘liqni saqlashManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palatasi o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palata raisi Mirazim Mirtalipov imzoladi. 

Milliy media assotsiatsiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi o'rtasila Hamkorlik memorandumi imzolandi

26.10.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda O'zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzod Qudratxo'ja o'rtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi. 

Turkiy davlatlar tashkiloti: InnoWeek.uz haftaligida aqlli shaharlar uchun echimlar

22.10.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

InnoWeek.uz – 2022 xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida “Aqlli shaharlar” mavzusida IT-mutaxassislari uchun ekspertlar konferentsiyasi bo'lib o'tdi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi yig'ilishi doirasida Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatildi.

19.10.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashining birinchi yig'ilishida Kengash raisi B.Raximov va AMITI universiteti direktor o'rinbosari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashining ilk yig'ilishi o'z ishini boshladi

18.10.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

2022-yil 18-oktabr kuni «InnoWeek.uz-2022» xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat Kengashining birinchi tarkibini shakllantirish bo'yicha rasmiy marosim va uning yig'ilishi bo'lib o'tdi.

«Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» mavzusidagi panel muhokamasi o'tkazildi

18.10.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

18-oktabr kuni “InnoWeek.uz-2022» xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida  «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» mavzusidagi panel muhokamasi o'tkazildi. 

“O'zbekiston- Turkmaniston” xalqaro qo'shma ilmiy loyihalar tanlovi

14.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Joriy yil yakuniga qadar O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkmaniston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalar tanlovini e'lon qiladi.

Vengriya ilmiy-tadqiqot korxonasi bilan urug'chilik sohasida memorandum imzolandi

04.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

3 oktyabr` kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vengriyaning "MARTON GENETICS" o'rtasida o'simliklar navlarini tadqiq etish va saqlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisiga «Turizm fidoiysi» ko'krak nishoni topshirildi

29.09.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazidagi Kongress-xollda “Butunjahon turizm kuni”ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ilg'or texnologiyalar markazi va N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti o'rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

23.09.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti vakillari – Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti Toshkent filiali direktori, Innovatsiyalar bo'yicha prorektor Dmitriy Alekseevich Shagin va tibbiyot fakulteti kimyo kafedrasi mudiri, tibbiy kimyo va toksikologiya kafedrasi mudiri, Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti tadqiqot va sinov markazi direktori Negrebetskiy Vadim Vitalievich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan “Innovatsion vaktsinalar markazi" tashkil qilinadi

14.09.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

ShHTga a'zo davlat rahbarlari sammiti doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov hamda “Luye Invetment Group Co.,Ltd” kompaniyasining kompaniyasi rahbari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Abu Dabi rivojlanish jamg'armasida Orolbo'yi hududi muammolarini bartaraf etish masalalalari muhokama qilindi

12.09.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Abu Dabi rivojlanish jamg'armasi bosh direktori o'rinbosari Xalifa Abdulloh Al Qubaysi bilan uchrashdi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt kengashiga Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vakili taklif etiladi

09.09.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy tashrifi doirasida Muhammad bin Zoyid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vitse-prezidenti Sulton Al Hoji bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik masalasi muhokama qilindi hamda hamkorlik yo'nalishlar belgilab olindi. 

ICBA bilan hamkorlikdagi Orolbo'yi hududida qishloq xo'jaligini rivojlantirish dasturi muhokama qilindi

08.09.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Qurg'oqchilik sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazida (ICBA) bo'lib o'tdi. Unda I.Abdurahmonov markaz bosh direktori Tarifa Al-Zaabi bilan uchrashdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Navoiy viloyat sanoat ob'ektlariga tashrif buyurdi

08.09.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

2022 — 2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida  Prezident maslahatchisi o'rinbosari Galina Saidova, innovatsion rivojlanish vazir o'rinbosari Shaxlo Turdiqulova tarkibidagi ishchi guruh Navoiy viloyat sanoat korxonalariga tashrif buyurdi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligida BAA sun'iy intellekt texnologiyalari ko'rgazmasi tashkil etiladi.

08.09.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Dubay shahriga ishchi safari davomida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov

Mustaqil O'zbekiston – innovatsion taraqqiyot yo'lida

25.08.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo'mitasi tomonidan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda yangicha formatda tashkil etildi.

Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar hokimlari va ularning innovatsiya masalalari bo'yicha o'rinbosarlari uchun o'quv haftaligi tashkil etildi

24.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Innovatsion hududga aylantirilayotgan 28 ta tuman hokimlari va ularning innovatsiya masalalari bo'yicha o'rinbosarlari uchun o'quv haftaligi boshlandi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Saudiya Arabistoni ta'lim vaziri bilan uchrashdi

23.08.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Saudiya Arabistoni Talim vaziri Hamad bin Muhammad Al Al-Shayh (Hamad bin Mahammed Al Al-Sheikh) bilan muzokaralar olib bordi. Ikki mamlakat vazirlari innovatsiyalar bo'yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qilib, yurtimiz oliy ta'lim muassasalarining innovatsiyalar bo'yicha prorektorlari uchun maxsus kurslarni tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishdilar.