O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vodorod energetikasi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi konsepsiyasi muhokama qilindi
2021-12-24 | Innovatsiya
Innovatsion rivojlanish vazirligi va AQSHning USAID agentligi hamkorligida O‘zbekistonda vodorod energetikasi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi konsepsiyasini muhokama qilish maqsadida pedagoglar, olimlar va xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida «Vodorod energetikasi va texnologiyalari» yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama etildi.
Munozaralarda vodorod energetikasining istiqbollari va sohaga yuqori malakali kadrlar tayyorlash muammolari haqida so‘z bordi. Shuuningdek, mazkur universitning Alternativ energiya manbalari kafedrasida vodorod energetikasi yo‘nalishida bakalavr bosqichi o‘quv kursi dasturi yaratish loyihasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Oliy va o‘rta taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda o‘quv dasturi yaratishga kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi