O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tijoratlashtirish bahorgi forumiga loyihalar taqdimoti o'tkazildi

2022-01-18 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligida 83 ta oliy ta'lim va ilmiy tashkilotlardan kelib tushgan 300 dan ortiq ilmiy ishlanmalardan 69 ta istiqbolli loyihalar saralab olindi va mualliflari tomonidan taqdimotlar o'tkazildi.

Mazkur taqdim etilgan loyihalardan eng saralari Tijoratlashtirish bahorgi forumida tarmoq korxonalari va hokimliklarga namoyish qilinadi. Karantin cheklovlari tufayli va hududlardan poytaxtga kelolmagan ishtirokchilar o'z loyihalarini videokonferentsaloqa orqali taqdim etdilar.

Saralash natijalari yakuniga ko'ra, yil yakuniga qadar innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishini o'zlashtirish hamda tijoratlashtirish maqsadida istiqbolli deb topilgan loyihalar Tijoratlashtirish bahorgi forumida moliyalashtiriladi.Ta'kidlash joizki, hudud va tarmoqlarni ilmiy tashkilotlar bilan bog'lash, respublikada ilm-fan samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida yilda ikki marotaba — bahor va kuzda Tijoratlashtirish forumi o'tkazib kelinmoqda.

O'tgan yilgi Tijoratlashtirish bahorgi forumi doirasida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishini o'zlashtirishga yo'naltirilgan hamda tijoratlashtirishgacha tayyorlash maqsadida jami 18 mlrd. so'm qiymatidagi 37 ta loyiha moliyalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijalari bo'yicha Tijoratlashtirish kuzgi forumida 44 ta innovatsion mahsulot, texnologiya va yangi ishlanmalarning prototiplari hamda sanoat namunalari namoyish etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться