O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston va Vengriyaning innovatsiyalar uchun mas'ul vazirliklari hamkorligi kengaymoqda

2021-12-02 | Siyosat

Vengriya Respublikasiga tashrif davomida O'zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Vengriya innovatsiyalar va texnologiyalar vaziri Lazlo Palkovich bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar hamkorlikda ilmiy loyihalar tanlovlari, doktorantura uchun kvota va malaka almashish masalalarida qator kelishuvlarga erishdilar. 

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vengriya Innovatsiyalar va texnologiyalar vazirligi kelgusi yil bilan robototexnika va sun'iy intellekt, tibbiyot injeneriyasi, qishloq xo'jaligi, jismoniy tarbiya yo'nalishlarda umumiy byudjet 2 mln. AQSh dollari bo'lgan qo'shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etadi. Bunda o'zbekistonlik va vengriyalik olimlar hamkorlikda tadqiqotlar o'tkazadilar, qo'shma loyiha teng miqdorda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Vengriya Respublikasi Innovatsiyalar va texnologiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. 

Shuningdek, PhD bosqichida tahsil oluvchi o'zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Vengriyaning mavjud “Hungaricum” dasturiga qo'shimcha 50 kishilik kvota ajratiladi. Bundan tashqari, Vengriya ilmiy muassasa va institutlarida yosh olimlarning malaka oshirishini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться