O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vena universiteti stajyori ilmiy amaliyoti haqida ma'lumot berdi

2021-12-29 | Innovatsiya

Hozirgi kunda Vena universiteti dunyo ta'lim muassasalari o'rtasida 137-o'rinni egallaydi va universitetda 92 000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda shulardan, 80 000 nafardan ortig'i chet eldan kelgan talabalar hisoblanadi. 

Ayni kunlarda ushbu universitetda Innovatsion rivojlanish vazirligi e'lon qilgan stajirovka tanlovi g'oliblari ham bilim olmoqda. Xususan, O'zbekiston Milliy Universiteti Polimerlar kimyosi kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori, dotsent Bekchanov Davronbek shular sirasidan. 

Yosh olim o'zining tajribasi, yangi muhit haqida ma'lumot berdi. 

«Amaliyot boshida dastlab bir qator zamonaviy laboratoriya asbob uskunalari bilan ishlash ko'nikmalarini orttirishdan boshlandi.

Zamonaviy laboratoriya uskunalarida ishlash  davomida respublikamiz mahalliy xom ashyolari asosida olingan ionalmashinuvchi materiallarni tadqiq qildik., buning natijasida 50 dan ortiq namunalarning fizik-kimyoviy xossalari zamonaviy usullar yordamida o'rganildi.

Amaliyot rejasiga ko'ra, polivinilxlorid asosida poliamfolitlar sintez qilish va ularning ayrim metall ionlariga tanlab (selektiv) ta'sir qilish xosslarini tadqiq qilish belgilangan edi. Vena universitetida rejaga asosan polivinilxlorid asosida yangi poliamfolitlar sintez qilib olindi va ularning rangli va qimmatbaho metall ionlariga bo'lgan selektivlik xossalari o'rganildi. 

Olib borilgan amaliyot natijalari asosida tarkibida turli xil metallar (oltin, kumush platina, mis, nikel va kobalt) ionlarini saqlagan eritmalardan har bir metallni alohida ajratib olish xossasiga ega bo'lgan ionalmashinuvchi materiallar sintez qilindi. Ular asosida, eritmalardan ayni metallar ionlarini ajratib olish qonuniyatlari tadqiq qilindi. 

Olingan natijalar asosida Professor Peter Lieberzeit bilan hamkorlikda Scopus va Web of Science ilmiy bazalariga kirgan jurnallarda 2 ta ilmiy maqola tayyorlandi va ilmiy jurnallarda chop qilish uchun jurnallarning ilmiy bazalariga joylandi», deydi Davronbek.

Shuningdek, qayd etishicha, rejadan tashqari yangi ilmiy yo'nalish bo'yicha Professor Peter Lieberzeit va u boshchiligidagi Sensorli texnologiyalar laboratoriya guruhi bilan hamkorlikda polivinilxlorid asosida olingan membranalarni tuproq va suyuqliklarda zaharli metall ionlarini aniqlovchi zamonaviy sensorlar sifatida qo'llash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Buning natijasida suyuqliklarda zaharli dixromat ionlarini aniqlovchi yangi membrana sensorlari sintez qilingan. 

Shu bilan birga bu yo'nalishda ilmiy hamkorlik O'zbekiston Milliy Universiteti Polimerlar kimyosi kafedrasi va Vena Universiteti Fizik kimyo kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bo'yicha kelishib olingan.

Amaliyot davomida O'zbekiston Milliy Universiteti Polimerlar kimyosi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha Vena Universiteti Fizik kimyo kafedrasi ilmiy xodimlari uchun «Polivinilxlorid asasida ionalmashinuvchi materiallar olinishi, fizik-kimyoviy xossalari va amaliyotda qo'llanilishi»  mavzusida ilmiy seminarlar tashkil qilinib, amaliyotchi tomonidan mavzu bo'yicha ma'ruzalar o'qildi.

Ta'kidlash joizki, Avstriyaning Vena universiteti tashkil topganiga 655 yil to'lgan bo'lib, nemis tilidagi dars olib boriladigan Evropaning eng keksa dargohi hisoblanadi. Vena Universiteti dunyoga bir necha o'nlab ilm daholarini tarbiyalab bergan ta'lim muassasasida, ya'ni Vena universitetida shu kungacha 9 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari ta'lim olishgan va faoliyat yuritgan. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться