O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davri yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

2021-12-22 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligida «O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021» haftaligi doirasidagi «Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davri yakuniy bosqichi g‘olib loyihalarini taqdimoti va jamoalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda 40 ta istiqbolli startap loyihalar ko‘rgazmasi, 5 ta eng yuqori ball to‘plagan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev hamda qator mutasaddi tashkilotlarning rahbar va vakillari ishtirok etdi. Ibrohim Abdurahmonov tadbirda o‘z nutqi bilan ishtirok etib, tadbirni ochib berdi.

Dasturning 5-davrida ishtirok etish uchun arizalar onlayn qabul qilindi va kelib tushgan arizalar soni oldingi davrlariga nisbatan ancha ko‘proq bo‘ldi. Dasturda ishtirok etish uchun respublikaning barcha hududlaridan 905 ta ariza kelib tushdi. Bu avvalgi davrga nisbatan 38 foizga ko‘pdir. Loyihada ishtirok etayotgan yoshlarning umumiy soni jamoa aʼzolarini hisobga olgan holda 1972 nafar.

"Demo day" yakuniy tadbirida respublika bo‘ylab 40 ta eng istiqbolli startap loyihalarni (har bir viloyatdan 2 tadan 5 tagacha) g‘olib bo‘lish uchun tanlab olindi.

Taʼkidlash joizki, «Startap tashabbuslari» - bu yoshlar, xususan, oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda kasb-hunar kollejlari va litsey bitiruvchilarining innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks dastur.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться