O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya
06.12.2019Texnologiyalar Joriy yilning 6 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amaliyotga tatbiq etishning yillik natijalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda davlat boshqaruvi va iqtisodiyotda innovatsion amaliyotlarni joriy etishda erishilgan natijalar muhokama qilindi. |
"Open Data Day 2019" va "Open Data Challenge 2019" tadbirlarini o'tkazish rejalashtirilgan 05.12.2019Texnologiyalar2019-yil 13-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida “Open Data Day 2019”ochiq ma'lumotlar konferensiyasi va ochiq ma’lumotlar konsepsiyasini ilgari surgan, IT-tadbirkorlikni va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan, ochiq ma'lumotlar asosida ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha “Open Data Challenge 2019” tanlovi (xakaton) bo'lib o'tadi. |
Kelgusi yilda islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi 03.12.2019SiyosatO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni 2020-yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. |
Hindiston bilan hamkorlikda “Texnologik xab“ tashkil etiladi 02.12.2019Innovatsiya29-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Gujarat shtatidagi “iCreate” (International centre for entrepreneurship and technology) hamda startaplarni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi DevX kompaniyalariga tashrif buyurdi. |
28.11.2019Fan Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarining ilm-fan va texnika sohasidagi vazirlik va idoralari rahbarlarining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi. |
“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 27.11.2019HujjatlarOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori |
Startapchilarimiz Qozogʻistonda qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar 25.11.2019InnovatsiyaOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan startap loyihalar tanlovi gʻoliblari – “Agrowin” va “N.E.F.” startap-korxonalari vakillari USAID dasturining Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish oʻrinlarini yaratish loyihasi taklifiga binoan Qozogʻistonning Shimkent shahrida oʻtkazilgan Toʻqqizinchi Markaziy Osiyo savdo forumida ishtirok etdilar. |
Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi 21.11.2019Turizm13-15-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘lida turizm” XXV Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida innovatsion loyihalarga doir davra suhbati o‘tkazildi. Uning doirasida joriy yilda innovatsion turizm sohasida amalga oshirilgan loyihalar taqdim etildi. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Skolkovo” innovatsion markazi oʻrtasida kelishuv imzolandi 21.11.2019Innovatsiya20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markaziga tashrif buyurib, “Skolkovo” jamgʻarmasi raisi Arkadiy Dvorkovich bilan uchrashdi. |
Oʼzbekiston olimlari tomonidan yaratilgan biooʼgʼit turlari tijoratlashtirilmoqda 19.11.2019FanOʼzbekiston fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti olimlari ishtirokida qishloq xoʼjaligi uchun biooʼgʼitning yangi “Fosstim” va “Rizokom” turlari yaratildi. Bu “Green biotech” АQSh-Oʼzbekiston qoʼshma korxonasining dastlabki faoliyati natijasidir. Institut tomonidan yaratilgan va patentlangan ekologik jihatdan xavfsiz boʼlgan biooʼgʼitlar oʼsimliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kompleks kurashish xususiyatga ega boʼlib, dunyoda uning analogi mavjud emas. Kimyoviy moddalar oʼrniga mikroorganizmlar va biologik texnologiyalar asosida yaratilgan biooʼgʼitlar qishloq xoʼjaligida pestitsidlardan foydalanishni bartaraf etadi, tuproq unumdorligini oshiradi, oʼsimliklar kasalliklari va zararkunadalariga qarshi kurashadi. |
ItConf.ASIA xalqaro forumi oʻtkazildi 18.11.2019Innovatsiya16-noyabrda poytaxtimizning Yoshlar ijod saroyida ItConf.ASIA xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 15 mamlakatdan kelgan 25 nafardan ortiq spikerlar hamda 2000 nafardan ziyod mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar. Axborot texnologiyalariga bagʻishlangan Forum doirasida mahalliy va xorijiy spikerlarning taqdimotlari, koʻrgazma zali, axborot berish hududi tashkil etildi. |
15.11.2019Texnologiyalar Toshkent shahridagi Inha universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. |
Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv 13.11.2019Texnologiyalar2019-yil 13-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |