O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Virtual muzeylar - milliy madaniy yutuqlarning yorqin ramzi

2020-02-26 | Madaniyat

Turkiya Respublikasining “Topkapi” saroyida “Yangi O‘zbekistonning madaniy burchagi”ni tashkil etish masalalarini muhokama qilish, MDHga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarda gumanitar sohada hamkorlik bo‘yicha Tadbirlar rejasi loyihalarini hamda MDHga a’zo davlatlar madaniy meros bo‘yicha virtual muzeyi Nizomi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ekspert yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Madaniyat vazirligining delegatsiyasi 25-28-fevral kunlari Minsk shahri (Belarus Respublikasi) va 28-fevral-2-mart kunlari Istanbul shahri (Turkiya Respublikasi) da bo‘ladi.

Hozirgi kunda virtual muzeylar milliy madaniy yutuqlarning yorqin ramzlariga aylanib bormoqda, ular jamoatchilik ongini va ayniqsa, har bir insonni rivojlantirish uchun muzeylarning alohida ahamiyati borligini namoyish etmoqda.

Virtual muzey (virtual - mumkin bo‘lgan, yashirin) - haqiqatda mavjud bo‘lgan muzey (muzey saytlari) yoki haqidagi elektron axborot vositalari orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Virtual muzeylar elektron axborot vositalari tomonidan taqdim etiladigan interaktiv xususiyatlardan foydalanish bilan tavsiflanadi: foydalanuvchi uch o‘lchamli zallar orqali "harakat qilishi" mumkin, har qanday ma’lumot va tasvirlarni olishi mumkin. Muhim jihatlardan yana biri saytga tashrif buyuruvchilar bilan doimiy qayta aloqa ta’minlanadi.

Axborot texnologiyalari insonga samarali ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturiy-texnik vositalarni o‘z ichiga oladi. Virtual muzey ham aynan axborot texnologiyalari orqali erishilgan yutuq hisoblanadi. Ular yordamida murakkab vazifalarni hal etish, tashrif buyuruvchilarni keng jalb qilish va ma’lumotlarni yanada aniq va batafsil yetkazish imkoni paydo bo‘ldi.

MDH mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyining noyob imkoniyatlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

- Real dunyoda mavjud bo‘lmagan virtual muzey zallarini yaratish imkoniyati;

- Bir tur doirasida turli mamlakatlarda joylashgan har xil yeksponatlarni birlashtiruvchi virtual 3D turlar yaratish imkoniyati;

- Turli eksponatlarni birlashtiruvchi virtual ekskursiyalar orqali xalqlarning tarixiy va madaniy merosi bilan chuqur tanishish imkoniyati;

- Tarixiy va madaniy markazlar, yodgorliklar, hududlarning virtual sayohatlarini yaratish imkoniyati.

Поделиться