O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Stomatologiyada innovatsiyalar

2020-02-20 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tibbiy xizmatlarning va tibbiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Joriy yilning 18-fevral kuni Yoshlar press-klubida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Dentals Pharma korxonasi tomonidan “Stomatologiyada innovatsiyalar” mavzusida seminar tashkil qilindi. Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev ochib berdi.

Tadbir doirasida Dentals Pharma korxonasi ishlab chiqarayotgan stomatologik mahsulotlarni tibbiyot taʼlim muassasalaridagi talabalar oʻquv-amaliyot jarayonida foydalanishi uchun doimiy ravishda, begʻaraz yetkazib berilishi boʻyicha kelishuv shartnomasi imzolandi. Tadbirda Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukusdan tashrif buyurgan professor oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Seminar doirasida Toshkent davlat stomatologiya instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutlarining talabalari taʼlim jarayonida foydalanishlari uchun Dentals Pharma kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 100 mln. soʻm miqdoridagi mahsulotlar taqdim etilganligi toʻgʻrisida maxsus sertifikatlar va mahsulotlar begʻaraz taqdim etildi. Stomatologiya yoʻnalishida 2-4 bosqichdagi 2500 nafar talabalar ushbu mahsulotlardan stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha barcha fanlarda taʼlim jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Shuningdek, tadbir doirasida talabalar uchun savol-javob viktorinasi tashkil etildi. Tadbirning oʻzida tashkil etilgan Telegram ijtimoiy tarmogʻida tashkil etilgan guruhda savollar berildi, 10 nafar gʻolib boʻlgan talabalarga kompaniya tomonidan stomatologik mahsulotlarning qimmatbaho toʻplami topshirildi. Endilikda mazkur t.me/irv_dent guruhida talabalar stomatologiya sohasida oʻzaro maʼlumotlar almashishi, sohaga doir maʼlumotlardan xabardor boʻlib turishlari mumkin boʻladi.

Tadbir davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi Taʼlim va sogʻliqni saqlashga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari doktori Baxtinur Xudanov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Boshqarma boshligʻi maʼruzada Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan stomatologiya sohasiga joriy qilingan innovatsion texnologiyalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Shu bilan birga tadbir doirasida innovatsion texnologiyalar koʻrgazmasi ham tashkil qilindi. Koʻrgazmada kariyesni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi QLF texnologiyalari (Qscan plus, Qraycam, Qray viev Dual qurilmalari), aqlli tish choʻtkalari namoyish qilindi. Ishtirokchilar QLF texnologiyalaridan foydalangan holda oʻzlarining ogʻiz boʻshligʻi gigiyenik holatini tekshiruvdan oʻtkazishdi.

Поделиться