O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish: natijalar va istiqbollar

2020-02-21 | Innovatsiya

Joriy yilning 19-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida “Taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish: natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu seminar taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish natijalari va istiqboldagi rejalar mavzusiga bagʻishlanadi.

Seminarni oʻtkazishdan maqsad taʼlim jarayoniga joriy etilayotgan innovatsiyalar taqdimotini oʻtkazish, oʻquvchi-yoshlarni fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Tadbirda qator innovatsion qurilmalar amalda qoʻllab namoyish etildi. Jumladan, VR BOX uskunasi — haqiqat sezgilarining ishonarli majmuasini yaratish uchun real vaqtda virtual haqiqat xususiyatlari va reaksiyalarini kompyuter sintezi amalga oshiradi. “HOLOMAX” uskunasi esa kimyo, biologiya, fizika fanlaridan laboratoriya ishlarini virtual tarzda koʻrish uchun 3D modellashtirilgan qurilmasidir. Seminarda QR-kodlar orqali qoʻshimcha materiallar bilan toʻoʻldirilgan geografiya fani boʻyicha innovatsion darslik ham taqdim etildi.

Ilmiy-amaliy seminar natijalariga koʻra ishtirokchilar orqali respublikamizning barcha taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish hamda shu orqali oʻquvchi yoshlarni fanlarga boʻlgan qiziqishlarini hamda pedagog xodimlarning mavqeini oshirish koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy seminarda 70 nafardan ortiq taʼlim muassasalari rahbarlari va malakali pedagog-oʻqituvchilar ishtirok etdi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilarga astronomiya fanida osmon jismlarini kuzatish uchun Meade LX600 teleskopi ishtirokchilarga namoyish etildi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Поделиться