O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon bankining akademik innovatsiyalar fondi granti asosida amalga oshirilayotgan loyihalar: natijalar, muammolar, yechimlar

2020-02-27 | Ta’lim

26-fevral kuni Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Jahon banki akademik innovatsiyalar fondi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Jahon bankining akademik innovatsiyalar fondi granti asosida “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash” loyihasining amalga oshirilish holati: natijalar, muammolar, yechimlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Loyihaning asosiy vazifalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida boshqaruv salohiyatini shakllantirish, mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining rolini oshirish, OTMlarda zamonaviy ta’lim muhitini yaratishdan iborat.

Bugungi kunga qadar loyihalar doirasida 16 ta xorijiy davlatlarning 50 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, 70 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida malaka oshirgan.

Shuningdek, 3600 nafar talaba, 1180 nafar o‘qituvchi va 300 nafar tadqiqotchi uchun mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan seminarlar,   mahorat darslari o‘tkazildi. 

2019-yil oxirida ishga tushirilgan loyiha doirasida qator amaliy natijalarga erishildi.

Jumladan:

O‘zMUda Fanlararo ko‘p funktsiyali “3D Geomodellashtirish” kompyuter modellashtirish markazi tashkil etildi va zaruriy jihozlar bilan ta’minlandi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkonini beradi. 

ToshDTUda issiq suv ta’minoti tizimi uchun energotejovchi qurilma o‘quv jarayoniga joriy etildi va bu orqali soha muammolariga qaratilgan o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkoni yaratildi.

GulDUda “Eksperimental biologiya” laboratoriyasi tashkil etildi va  hozirgi kunda tuproq, suv va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari DNK tahlili (GMO bor yoki yo‘qligini aniqlash) bo‘yicha O‘zstandart agentligi tomonidan sertifikatlangan laboratoriya sifatida faoliyat yuritishi uchun tegishli ishlar olib borilmoqda.

TTAda talabalarning amaliy ko‘nikma va tajribalarini oshirishga qaratilgan, xalqaro talablarga mos, so‘nggi rusumdagi anjomlar bilan jihozlangan “Simulyatsion o‘qitish markazi” tashkil etildi.

TDPUda psixodiagnostik va psixokorrektsion ishlar olib borilishi uchun “Psixologiya markazi” zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

TDAUda baliqchilik sohasi uchun suvni tozalash va baliq suyagi unini olish qurilmalari yaratilib, ishlab chiqarish jarayoniga joriy etildi.

AnDUda yarim o‘tkazgichli plastinalarda zaryad tashuvchilarning hayot vaqtini o‘lchovchi jihoz o‘rnatildi. Bu, o‘z navbatida, muqobil energiya manbalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish imkonini yaratdi.

TKTI laboratoriyasi loyiha doirasida keramika sohasida foydalaniladigan xom-ashyolarning kimyoviy tarkibini aniqlovchi spektometr bilan jihozlandi. Mazkur jihoz oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yaxshilashga, jumladan, keramika mahsulotlarining sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish imkonini beradi.

Seminar so‘ngida “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash” loyihasi bo‘yicha faoliyatni rivojlantirish, samaradorlikni oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Поделиться