O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi
2020-02-13 | Innovatsiya
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan Islom taraqqiyot banki, Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) va oʻtkazilgan tanlov natijasi boʻyicha faoliyati yuqori baholangan “KPMG Audit” MCHJ vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur Strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan Islom taraqqiyot bankining 275 ming AQSH dollari mablagʻi ajratilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida shartnoma imzolangan edi.
Ushbu maqsadda “KPMG Audit” MCHJ kompaniyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihasi tomonlar ishtirokida muhokama qilindi.
Shu bilan birga “KPMG Audit” MCHJ kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan shartnoma loyihasi boʻyicha jalb qilinayotgan ekspertlar va ularning mutaxassisliklari, shuningdek asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tajribali mutaxassislarni jalb qilish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi va uning kelajakda ish faoliyatini rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.